So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  3 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

"Dinamo" nazorat bahsida Qirg'iz Respublikasi klubini yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

"Dinamo" nazorat bahsida Qirg'iz Respublikasi klubini yirik hisobda mag'lub etdi

"Dinamo" jamoasi Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida Qirg'iz Respublikasida o'tkazayotgan yig'inda dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Issiqko'ldagi bahsda Vadim Abramov shogirdlari Qirg'iz Respublikasi chempionati vakili "OshMU Aldier" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O'yindagi dastlabki gol jamoamizda ko'rikda bo'lgan SHerzod Qodirovning uzatmasidan keyin Iminov tomonidan kiritilgan bo'lsa, ko'p o'tmay Abdullaevning uzatmasini SHoahmedov golga aylantirdi. 37-daqiqada esa SHoahmedovning pasidan keyin SHerzod Qodirov hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Ikkinchi bo'limda tarkib to'liq o'zgardi, faqatgina Kojo maydonda qoldirildi. 50-daqiqada Xalilovning uzatmasini Hojimirzaev golga aylantirgan bo'lsa, 78-daqiqada jamoamizda ko'rikda bo'lgan braziliyalik yarim himoyachi da Silva gol muallifiga aylandi. O'shliklar 53 va 90-daqiqada gol urishdi, yakuniy hisob – 5:2. 

"Dinamo"ning qo'shni mamlakatdagi yig'ini 22 iyulgacha davom etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Issiqko'l.

17 iyul (chorshanba)

"OshMU Aldier" (Qirg'iz Respublikasi) – "Dinamo" 2:5

Gollar: Humoyunmirzo Iminov 9, Sanjar SHoahmedov 12, SHerzod Qodirov 37, Anvarjon Hojimirzaev 50, Da Silva 78 – 53, 90.  

"Dinamo" (1-bo'lim): Ravshanbek Yagudin, Muhammadali Tursunov, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Ulug'bek Abdullaev, Ratino Ferreyra, Abubakr Muydinov, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar SHoahmedov, SHerzod Qodirov, Kojo Joel.

2-bo'lim: Farhod Rahmatov, Vladimir Kozak, Ismoil, Vohidjon Oqbo'taev, Xislat Xalilov, Komil SHarofutdinov, Francis Narx, Damir Temirov, Da Silva, Anvarjon Hojimirzaev, Kojo Joel.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика