"Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvida penalti bormidi? Ekspertimiz javob beradi
07 iyu 12:37
Yangiliklar
"Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvida penalti bormidi? Ekspertimiz javob beradi
"Mavjud takroriy vaziyatga qaraganda, qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'landek. Shu bilan birga, hakamning ishorasidan kelib chiqib, u avvaliga jarima zarbasi belgiladi, shundan keyingina qarorini o'zgartirdi. Boshqa takrorlarni ham ko'rsak yaxshi bo'lardi, albatta.
Hakam noqulay poziciyadaligini ham qayd etish joiz. "Dinamo" futbolchisi maydon markazidagi to'p uchun kurashda g'olib bo'lganidan so'ng hakam jarima maydonchasi tomon tezlashishi kerak edi. Eng yaxshisi, epizodni ko'rish uchun biroz chaproqqa o'tishi lozim edi. O'zi turgan pozicida u vaziyatni o'yinchilar orqasidan turib ko'rdi.
Umuman olganda, bunday paytlarda qo'pollikni aniqlash yon hakamlarning ishi. Ular bu chiziqni yaxshi ko'rishadi, bu ularning vazifasiga kiradi. Yomon poziciyada turganiga qaramay, bosh hakam qoidabuzarlikni qayd etdi, biroq unga qo'pollik aynan qaerda (jarima maydonchasi oldida yoki uning ichida) ekanligini ko'rish juda qiyin. Bu erda bosh hakamga assistent yordam berishi kerak edi".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar