So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Dilmurod Nazarov xotira turniri bo'lib o'tadi Yangiliklar

Dilmurod Nazarov xotira turniri bo'lib o'tadi

Teglar :  Dilmurod Nazarov
9-12 aprel kunlari Toshkent shahrida sobiq futbolchi Dilmurod Nazarov xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tadi.
"Liverpul-Gol" futbol klubi va Nazarovlar oilasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu turnirda 8ta jamoa ishtirok etadi.

"Paxtakor", "Bunyodkor 1", "Bunyodkor 2", "Navbahor", "Nasaf", "Liverpul-Gol", "Lokomotiv" va Qozog'istonning "Ordabasi" klublarining 2005 va 2006 yillarda tug'ilgan futbolchilaridan iborat jamoalari turnirda qatnashishadi.


Dilmurod Nazarov professional faoliyatini 1992 yil "Paxtakor"  safida boshlagan. Ikki yil davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan Dilmurod Nazarov O'zbekiston chempioni (1992) va O'zbekiston kubogi (1993) sohibiga aylagan. 1993 yil Qozog'istonning "Ordabasi" klubida o'ynab yana "Paxtakor"ga qatdi. Uch yil davomida "sherlar" safida yana chempion (1998) va kubok sohibi (1997) bo'ldi. 1995 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida 2-o'rinni band etdi. 1999 yilda Toshkentning "Traktor" va SHimkentning "Ordabasi" klubida faoliyat olib bordi.

Keyingi yil "Paxtakor"da, 2001 yilda esa "Surxon" klubida o'ynagan. Qisqa muddat Qozog'istonning "Taraz" sharafini himoya qildi. Qozog'istonda "Qaysar", "Yassi Sayram" va "Ordabasi" kabi klublarda o'ynadi.

2006 yilda Namanganning "Navbahor" klubi safida o'ynab futbolchilik faoliyatini yakunladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 1995-1997 yillarda 10ta o'yinda maydonga tushgan. 1996 yilda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика