Dias "Liverpul"dan norozi. Klub bergan yangi shartnoma shartlari futbolchiga yoqmagan
15 iyu 21:45
Yangiliklar
Dias "Liverpul"dan norozi. Klub bergan yangi shartnoma shartlari futbolchiga yoqmagan
"Liverpul"ning Luis Diasga bergan yangi taklifi futbolchini qoniqtirmadi, natijada tomonlar o'rtasidagi munosabatlar taranglashdi. Bu haqda ESPN Colombia xabar bermoqda.
Manba malumotlariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi o'ziga taklif etilayotgan shartlar mersisaydliklar natijalariga qo'shgan hissasiga mos kelmasligini takidlamoqda. Shu bilan birga, hozirgi kunda Diasga eng katta qiziqishni "Barselona" va "Bavariya" klublari bildirmoqda. Shu sabablarni hisobga olgan holda futbolchi klubdan ancha yaxshiroq taklif kutgandi.
O'tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va sakkizta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar