De Laurentis: "Menga afrikaliklar haqida boshqa gapirmang!"
03 avg 2022 19:58
Yangiliklar
De Laurentis: "Menga afrikaliklar haqida boshqa gapirmang!"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis klubning afrikalik futbolchilari xalqaro o'yinlarga ketishiga juda salbiy munosabat bildirdi.
"Menga afrikaliklar haqida boshqa gapirmang! Men ularni yaxshi ko'raman, lekin ular Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etishdan bosh tortganliklarini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekishadi yoki bu futbolchilar men uchun mavjud emas. Xuddi shu narsa Janubiy Amerikadagi Jahon chempionatining saralash o'yinlariga ham tegishli.
Biz ahmoqlarmiz, o'z futbolchilarimizni boshqalar uchun o'ynashga yuboramiz va bu uchun maosh to'laymiz", – dedi De Laruentis.
"Napoli" o'tgan mavsum Italiya chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritdi va CHempionlar Ligasida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar