De Bryuyne o'z pokeri haqida nimalar dedi?
12 may 2022 22:10
Yangiliklar
De Bryuyne o'z pokeri haqida nimalar dedi?
"Manchester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APLning 36-turi doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda qayd etgan (5:1) pokeri haqida fikr bildirdi.
"Bu jamoa uchun ham, men uchun ham ajoyib start bo'ldi. O'ylaymanki, safarda ajoyib o'yin o'tkazdik, shuning uchun jamoamiz o'yinidan juda xursandman.
Men vaziyatni yaxshiroq tushunishga harakat qilaman. Agar jamoam harakatlanayotgan bo'lsa, o'yinchilarni pas bilan topishga urinaman. Jamoadoshlarim bilan aloqam ajoyib va shuning uchun ular bilan birga o'ynashni yaxshi ko'raman", – dedi de Bryuyne.
Belgiyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar