Dalot: "MYU APL chempionligini qo'lga kirita oladi"
11 fev 14:00
Yangiliklar
Dalot: "MYU APL chempionligini qo'lga kirita oladi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot klub Ruben Amorim boshchiligida APL chempioni bo'la olishiga ishonadi.
"To'g'risini aytsam, Amorim bilan jamoamiz APLda g'alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Bu amalga oshirsa bo'ladigan ish. Biroq bu vaziyatda muxlislar uchun eng qiyini - kutish. Men futbolchi sifatida ularning his-tuyg'ularini yaxshi tushunaman. Klub g'alabalarni sog'ingani va hamma sovrinlar ilinjida harakat qilayotganini bilaman.
O'ylashimcha, biz bu murabbiy bilan APLni yuta olamiz, shunchaki uning talablariga mos futbolchilar va sharoitni yaratib berish uchun vaqt kerak bo'ladi. Biz futbolchilar ham uning tizimiga moslashishimiz zarur. Bunga ham malum vaqt ketadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar