So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Coca Cola Superliga. “Olimpik” o'z maydonida bir kishi kam bo'lib “Buxoro”ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. “Olimpik” o'z maydonida bir kishi kam bo'lib “Buxoro”ni mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 6-turi doirasidagi “Olimpik” - “Buxoro” uchrashuvi yakunlandi.

Superliga-2023, 6-tur 

“Jar” stadioni, Toshkent

“Olimpik” — “Buxoro” 1:0

Gollar: Timur Mamasidiqov 13'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Rustam CHoriev.

VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev.

AVAR hakami: Avaz Abdullaev.

Nazoratchi: Marat Ismailov.

Komissar: Qudrat Madraimov.

"Olimpik": 13. Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Behzod SHamsiev, 7. Ruslanbek Jiyanov (37. Alisher Odilov 77'), 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 17. Timur Mamasidiqov (9. Muhammadali G'iyosov 46'), 21. Muhammadaziz Ibrohimov (5. SHaxzod Toirov 89'), 23. Abdurauf Bo'riev, 30. Jasur Jaloliddinov (10. Farruxbek Muxtorov 68'), 44. Asadbek Rahimjonov.

Zaxiradagilar: 1. SHukron Yo'ldoshev, 8. Nodirbek Abduxoliqov, 18. Sardor Mahmudov, 19. Ahmadullo Muqimjonov, 77. Rustamxon Azimov.

"Buxoro": 20. Sardor Qobuljonov, 10. Humoyunmirzo Iminov, 14. Rustamjon Abduhamidov (16. Jasur Hasanov 59'), 15. Obid Jo'raboev (9. Aleksandr Kasyan 74'), 17. Jamoliddin Ubaydullaev (91. Asiljon Begimqulov 82'), 22. Ro'zimboy Ahmedov (28. Sohib Muhammadiev 82'), 25. Abbosjon Otaxonov, 70. Aleksandr Stanisavlevich, 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixaev, 99. Javohir Ro'ziev.

Zaxiradagilar: 13. Nikola Stoshich, 4. Mirjalol Jumaev, 7. Jasur Azimov, 11. Temur Ismoilov, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev.

Ogohlantirishlar: Jasur Jaloliddinov 30', Abbosjon Otaxonov 31', Ulug'bek Baqoev ("Buxoro" klubi bosh murabbiyi) 39', Obid Jo'raboev 60', Humoyunmirzo Iminov 64', Odilbek Abdumajidov 77', Aleksandr Kasyan 90'


90+4. O'yin yakunlandi!

90+2. "Buxoro" so'nggi daqiqalarni to'liq hujumda o'tkazmoqda. Burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

86. "Olimpik" himoyasi bugun juda faol. Raqibning qator hujumlarini bartaraf eta olishmoqda.

79. "Buxoro" hujumlarda faol, biroq ulardan naf chiqara olmayapti.

70. Stanisavlevichning kuchli va aniq zarbasini Hamidullo qaytardi!

63. Nixaevning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Abdunabiev ajoyib tarzda qaytarib yubordi.

60. Aleksandr Stanisavlevichning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

55. Ko'p ehtimol endi mehmonlar ustunlikni qo'lga olishadi. 

54. Qizil kartochka! Ikkinchi bo'lim avvalida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Muhammadali G'iyosov raqibga nisbatan qilgan qo'polligi uchun maydondan chetlatildi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+2. Bahsning dastlabki bo'limi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

41. "Buxoro"dan xavfli hujum! Humoyunmirzo Iminov bir necha futbolchidan o'tib jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq bu vaziyatda "Olimpik" yarimhimoyachisi xavfni bartaraf etdi.

35. Ro'zimboy Ahmedov havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

28. Uchrashuv tempi yuqori emas. Aytish mumkinki, o'yin asosan maydon markazida bo'lmoqda.

24. Buxorolik muxlislar o'z suyuklilarini anchagina baland ovozda qo'llab-quvvatlashmoqda.

15. Gol o'tkazib yuborgach mehmonlar faollik ko'rsatmayapti. "Olimpik" hamon faol.

Jiyanovning ajoyib uzatmasidan so'ng Timur Mamasidiqov to'pni darvozaga joylab qo'ydi. 

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mamasiddiqov uchrashuvda hisobni ochdi!

6. Burchak zarbasidan keyin Jo'raqo'ziev tepgan to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

5. Bahsni "Olimpik" faol boshladi. Dastlabki, hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 18:10 da boshlanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика