So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  0 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  5 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  50 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Coca Cola Superliga birinchi davra yakuni - penaltilar haqida Yangiliklar

Coca Cola Superliga birinchi davra yakuni - penaltilar haqida

Kecha Coca Cola Superligasida dastlabki davra bahslari ortda qoldi.

 Jamoalar hammasi bo'lib 91ta o'yin o'tkazishdi va 237ta gol urishdi. Hakamlar darvozalar tomon 41 marta 11 metrli jarima to'pi belgilashdi (o'rtacha bitta o'yinga 0,45tadan). SHundan 33tasi golga aylandi.

O'tgan mavsum 182ta o'yinda hakamlar 62 marta 11 metrli nuqtani ko'rsatishgan (o'rtacha bitta o'yinga 0,34tadan) va 51 marta gol urilgandi.



Birinchi davrada eng ko'p penaltini "Qo'qon-1912" futbolchilari tepishdi - 6 marta. "Andijon" va "So'g'diyona" 5 martadan penaltiga ega bo'lishdi. Ortda qolgan 13ta turda faqat "Mashal" klubi futbolchilari 11 metrli jarima to'pini amalga oshirishmadi. Penaltini aniq amalga oshirish bo'yicha "Nasaf" antirekord qayd etdi. "Ajdarlar" belgilangan 4ta penaltidan faqat bittasini golga aylantirishdi.


Penalti tepgan

Gol urilgan

Aniqlik %

Klub

6

5

83,33 %

Qo'qon-1912

5

5

100 %

Andijon

5

4

80 %

So'g'diyona

4

4

100 %

Paxtakor

4

4

100 %

Metallurg

4

1

25 %

Nasaf

3

2

66,67 %

Navbahor

3

2

66,67 %

AGMK

2

2

100 %

Surxon

2

1

50 %

Bunyodkor

1

1

100 %

Lokomotiv

1

1

100 %

Qizilqum

1

1

100 %

Buxoro

0

0

0 %

Mashal




Dastlabki davrada "Buxoro" darvozasi tomon eng ko'p penalti belgilandi - 8 bor. Keyingi o'rinda "Nasaf", "Surxon" va "Lokomotiv" klubi darvozalariga 4 martadan 11 metrli jarima to'pi belgilandi. Birinchi davrada faqat bitta klub - "Metallurg" darvozasi tomon ummuan penalti belgilanmadi.


Raqiblar penalti tepishgan

Gol urilgan

Aniqlik %

Klub

8

6

75 %

Buxoro

4

3

75 %

Nasaf

4

3

75 %

Surxon

4

2

50 %

Lokomotiv

3

3

100 %

Bunyodkor

3

3

100 %

Qizilqum

3

3

100 %

Qo'qon-1912

3

3

100 %

Andijon

3

2

66,67 %

Navbahor

3

2

66,67 %

Paxtakor

1

1

100 %

AGMK

1

1

100 %

So'g'diyona

1

1

100 %

Mashal

0

0

0 %

Metallurg



Ahrol Risqullaev va Temur To'xtasinov birinchi davrada eng ko'p penalti belgilagan hakam bo'lishdi - 6tadan. SHerzod Qosimov 5 marta penalti belgiladi. Dastlabki davrada ishlagan 17 nafar hakamdan faqat bir nafari penalti belgilamadi - SHavkat Nasibullaev.

Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") va Jamshid Hasanov ("Andijon") birinchi davrada eng ko'p penalti tepgan futbolchi bo'lishdi - 5tadan. Ikkala futbolchi barcha penaltini golga aylantirishdi. Stanislav Andreev ("Metallurg") 4 marta, Dragan CHeran ("Paxtakor") 3 marta penalti tepib shuncha marta gol urishdi.

Birinchi davrada "Buxoro" posboni Zafar Safaev ikki marta penalti qaytarib bu borada birinchi bo'ldi. Javohir Ilyosov ("Lokomotiv"), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Mashhurjon Muhammadjonov ("Nasaf") va O'tkir Yusupov ("Navbahor") bir martadan 11 metrli jarima to'pidan keyin seyv ijro etishdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика