So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

"Coca Cola" Superliga 1-turini jamoalar qanday rangdagi liboslarda o'tkazishadi? Yangiliklar

"Coca Cola" Superliga 1-turini jamoalar qanday rangdagi liboslarda o'tkazishadi?

1-turning dastlabki 2 ta uchrashuvida bellashadigan klublarning qanday rangdagi formalarda harakat qilishlari malum bo'ldi.

Coca Cola Superliga nomi ostida o'tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda mezbon jamoaning o'z maydonida muxlislari qarshisida to'p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.

SHu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg'u berildi.

1-turning dastlabki kunida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

1-tur / 8 mart, juma

17:00 "Qizilqum" — "Andijon"

19:00 "Paxtakor"— "Lokomotiv"

“Qizilqum” Navoiyda “Andijon”ni qabul qiladi. Mazkur o'yinda navoiylik futbolchilar qizil-qizil-qizil rangdagi liboslarda harakat qilishadi. Mehmonlar esa oq-oq-oq rangdagi formada maydonga chiqishadi.

Turning markaziy bellashuvida “Paxtakor” o'z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi. “SHerlar” uchrashuvni sariq- to'q ko'k rangdagi futbolka, to'q ko'k shorti va to'q ko'k getrilarda o'tkazishadi. “Temiryo'lchilar” jamoasi azolari esa maydonga to'liq qizil rangli liboslarda chiqib kelishadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика