So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Coca Cola 2019 yilgi mavsum uchun Superliga hamda O'zbekiston kubogining titul homiysiga aylandi Yangiliklar

Coca Cola 2019 yilgi mavsum uchun Superliga hamda O'zbekiston kubogining titul homiysiga aylandi

Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun titul homiy bo'lish huquqini qo'lga kiritdi.

Bungacha O'zbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot o'rtasidagi shartnoma bugun — 5 mart kuni imzolanishi kerak edi. Bungacha ham Coca Cola kompaniyasi PFL bilan muzokara o'tkazgandi. Taklif nisbatan yaxshiroq bo'lganiga qaramay, PFL 2018 yilgi homiy — Pepsi variantini maqulroq deb topdi.

Biroq kecha — 4 mart kuni Coca Cola o'z taklifini o'zgartirdi. Bu taklif Professional futbol ligasi uchun oldinga tashlangan qadam bo'lishi mumkin edi. Unga ko'ra, kompaniya nafaqat Superliga, balki O'zbekiston kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi.

Joriy mavsumda Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun badal pullarini oshirmadi. Qo'shimchasiga, hakamlar, inspektorlar hamda komissarlar uchun barcha sarf-harajatlarni o'z bo'yniga oldi. SHuningdek, Superliga klublari futbolchilarining har biriga o'z yonidan chiqim qilib, 10 million so'mlik sug'urta polislari olish imkoniyatini yaratdi.

Professional futbol ligasi Pepsi bilan hamkorlikni qadrlaydi. Mazkur kompaniya bizning tashkilot uchun juda katta yordam berdi va o'zaro hamkorlik davomida o'zining professional dastur hamda yo'nalishlari bilan ijobiy taassurot qoldirdi, marketing yo'nalishlari bilan o'rnak bo'la oldi. O'zining iqtisodiy ko'rsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borishni niyat qilayotgan Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumdagi hamkorlik uchun Pepsi kompaniyasiga o'z minnatdorchiligini bildiradi va kelajakda ham o'zaro hamkorlik uchun tayyorligini malum qiladi. Pepsi Superliganing ilk titul homiysi sifatida tarixda qoladi.


Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика