CHexiya klubi futbolchilari bir daqiqada 16ta sariq kartochka oldi
07 noy 2023 23:12
Yangiliklar
CHexiya klubi futbolchilari bir daqiqada 16ta sariq kartochka oldi
CHexiyaning quyi divizionlaridan birida ishtirok etuvchi Upoglavaning "Sokol" jamoasi futbolchilari bir daqiqada 16ta sariq kartochka oldi.
Upoglava klubi o'zi uchun adash bo'lgan raqib - Liboxvananing "Sokol"iga 0:6 hisobida mag'lub bo'layotgan vaqtda, 82-daqiqada upoglavaliklar gol urgan va buni nishonlash uchun jamoaning zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilari ham maydonga yugurib tushishgandi. Futbolchilarning barchasi golni liboslarini echgan holda nishonlashgandi. Uchrashuv bosh hakami barcha futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.
Uchrashuv 6:2 hisobida yakunlandi. Upoglava jamoasi turnir autsayderi hisoblanadi va ular so'nggi o'rinni egallab turishibdi.
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar