CHeran: "CHempionlik sari oxirgi qadam qoldi"
09 noy 2022 14:20
Yangiliklar
CHeran: "CHempionlik sari oxirgi qadam qoldi"
Coca Cola Superligasining 25-turida o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilgan "Paxtakor" yirik hisobda g'alaba qozondi (6:0).
Mazkur uchrashuvda poker qayd etgan Dragan CHeran "sherlar" tarkibidagi yuzinchi golini urdi. O'yindan so'ng CHeranning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qizilqum" yaxshi va tajribali futbolchilarga ega jamoa. Raqib darvozasiga o'z vaqtida gol urdik. Hujumkor futbol ko'rsatdik va g'alaba qozondik.
Maydonga rekord uchun emas, jamoam g'alabasi uchun tushaman. Nima yuz berayotgan bo'lsa, barchasi "Paxtakor" sababli. Rekordlar doim yoqimli.
CHempionlik uchun oxirgi qadam qoldi. Barchasini "Bunyodkor" bilan o'yin hal qiladi", – dedi CHeran.
Abdulaziz Iskandarov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar