"Chelsi" o'tgan yili "Liverpul" yulduzini sotib olishga yaqin bo'lgan
16 jan 15:15
Yangiliklar
"Chelsi" o'tgan yili "Liverpul" yulduzini sotib olishga yaqin bo'lgan
"Polymarket FC" portali malumotiga ko'ra, London klubi o'tgan yili "Liverpul"ning 34 yoshli himoyachisini o'ziga og'dirib olishga uringan. O'sha paytda futbolchi "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolash borasida ikkilanib turgandi.

Xabar qilinishicha, "ko'klar" van Deykning "Enfild"dagi kelajagi atrofidagi mavhumlikdan foydalanishni istagan. "Chelsi" rahbariyati mudofaa chizig'i vakiliga shaxsiy shartlari juda foydali bitim taklif qilgan, biroq futbolchi buni "Liverpul"ga nisbatan haqiqiy xiyonat deb hisoblab, qatiy ravishda rad etgan.
Oqibatda, van Deyk "Liverpul" bilan kelishuvga erishib, yangi va yaxshilangan shartnomaga imzo chekkan. Bu bitim uning klubdagi faoliyatini 2027 yil yozigacha uzaytiradi.
Niderlandiyalik himoyachi joriy mavsum "qizillar" libosida 29 o'yin o'tkazib, 2 ta gol muallifi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar