"CHelsi" futbolchisi "Monako"ga o'tadi
08 avg 2022 23:29
Yangiliklar
"CHelsi" futbolchisi "Monako"ga o'tadi
"CHelsi" himoyachisi Malang Sarr faoliyatini "Monako"da davom ettiradi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, klublar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Himoyachi 15 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan "Monako"ga ijaraga beriladi.
Malang tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnoma imzolash uchun Monakoga otlangan. Monegasklar futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. O'tgan mavsumda Malang APLning 8 o'yinida qatnashib, 2 sariq kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar