So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti: "Neftchi" va AGMK penalti tepmasligi kerak edi Yangiliklar

Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti: "Neftchi" va AGMK penalti tepmasligi kerak edi

Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Ilya Oblomov Coca Cola Superligasining kechagi o'yinlarida sodir bo'lgan ikkita bahsli vaziyatga to'xtalib o'tdi.


"Neftchi" - "Qizilqum"

"Oson" penaltilardan biri. Himoyachi hujumchini ko'rmayapti, uning harakatlarida aniq maqsad yo'q. Hujumchi kontaktni kattalashtirishga urinmoqda. Katta ehtimol bilan himoyachi tomonidan ehtiyotsizlik bilan oyoq bosish holati ham bo'lmagan. Hujumchining o'zi himoyachi bilan kontakt bo'lishini xohlab yiqilmoqda. Oyoqlardagi engil kontakt esa penalti belgilash uchun kuchsiz sabab. Hakam xato qildi.

VIDEONI KO'RISH


AGMK - "Surxon"

Bu vaziyatda o'yinni davom ettirish kerak edi. Birinchidan, to'p tabiiy holatda bo'lgan qo'lga tegmoqda. Qo'l pastda va tana maydonini kattalashtirmayapti. Ikkinchidan, himoyachi hujumchidan ancha uzoqda joylashgan va to'pni ko'rib tovoni bilan uni to'xtatmoqchi bo'ldi. Bilamizki agar futbolchi to'pni o'zi anglagan holda o'ynasa va keyin to'p qo'liga tegsa penalti belgilanmaydi. Hakam xato qildi. To'g'ri qaror - o'yinni davom ettirish. Penalti uchun asos yo'q.


 


Ertaga ekspertimiz tomonidan Coca Cola Superliganing 17-turidagi barcha bahsli vaziyatlari uchun batafsil tahlil taqdim etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика