⚡️ “Championat.asia” Masharipov bilan bog'landi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqda “Al Ahli”ni kuzatishni boshladi
25 avg 2022 18:25
Yangiliklar
⚡️ “Championat.asia” Masharipov bilan bog'landi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqda “Al Ahli”ni kuzatishni boshladi
Misr OAV xabariga ko'ra, “Al Ahli” 28 yoshli o'zbekistonlikni 600 ming dollarga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi va to'la transfer 2 mln dollarga amalga oshadi. Masharipov yangi jamoasida yiliga 1,5 mln dollar ishlashi taxmin qilinmoqda.
“Championat.asia” sayti Jaloliddinga aloqaga chiqdi va u mazkur xarid amalga oshganini tasdiqladi. Tomonlar o'rtasida shartnoma bo'yicha oxirgi bandlarni kelishish qolgan va transfer tez orada elon qilinadi.
SHuningdek, vinger Instagram'dagi rasmiy akkaunti orqali “qizil iblislar” (Qoxira klubi laqabi)ning sahifalarini kuzatishni boshladi.

Jaloliddin Masharipov o'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 26 bahsda qatnashib, 5+3 natija ko'rsatdi. Futbol tarixidagi eng sovrindor klub (118 titul) hisoblangan “Al Ahli” esa Misr chempionati bu mavsumida 32 turdan keyin 67 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. 76 ochkoga ega “Zamalek” allaqachon chempionlik masalasini hal qilib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar