So’nggi yangiliklar

21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  6 21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  27 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  2 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  4 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  3

"Buxoro" ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi Yangiliklar

"Buxoro" ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sardor Qulmatov va Muhammad Yo'ldoshev "Buxoro"da qoladi.

"Buxoro" klubi Sardor Qulmatov va Muhammad Yo'ldoshev bilan shartnomani uzaytirdi.

"Jamoamiz safida himoyachi sifatida to'p surib, nafaqat mudofaa, balki hujumlarda ham faol ishtirok etib kelayotgan, o'zining jangovar ruhi va fidoyiligi bilan muxlislar mehrini qozongan tajribali futbolchi Sardor Qulmatov faoliyatini "Buxoro" safida davom ettiradi. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Sardor Qulmatov ushbu mavsumda Superliga doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 1713 daqiqa harakat qilgan. "Nasaf" darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning barqaror va professional o'yini jamoaning himoya chizig'ini mustahkamlaydi va raqiblarga qarshi ishonchli o'yin namoyish etadi.

Jamoamizning himoya qo'rg'onida o'zining ishonchli va sifatli o'yini bilan jamoamizning keyingi mavsum Superligada ishtirok etishiga munosib hissa qo'shgan tajribali himoyachi Muhammad Yo'ldoshev navbatdagi mavsumda jamoamiz safida faoliyat olib boradi. Muhammad Yo'ldoshev o'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 2170 daqiqa harakat qildi. Himoyachi bo'lishiga qaramay, u ushbu o'yinlarda 4 ta golli uzatma muallifiga aylanishga muvaffaq bo'ldi.

Ishonamizki, Sardor va Muhammad yangi mavsumda ham o'z mehnati, tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo'yilgan yuksak maqsadlarga erishishga katta hissa qo'shadi.

Futbolchilarimizga yangi mavsumda sog'liq, barqaror o'yin va jamoamiz bilan birgalikda yangi g'alabalar tilaymiz!", -deyiladi "Buxoro" klubi xabarida. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
14 jan 02:42:59
Kardinal
Шухрат Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Iltimos Buxoro jamoasini tarqatib yuboringlar. To’g’risi xar doim super liga boshlanganida biz klub muxlislari buxorodan zur g’alabalar kutamiz lekin xar doim oxirgi urinlarda yuradi. Shunga qaramay biz muxlislar stadionga tushaveramiz. Jamoamiz oxirgi urinlada yirsaxam stadionga tushaveramiz tugrisi. Jongayam tegdi tug’risi
Мухлис сифатида тугри фикр юритяпсиз. Лекин хозирда грандларга карши туриш жуда кийин. Менимча бухоролик ешлар билан уйгунлаштириб малакали фуиболчиларни кушган холда уртамиена булса хам катнашгани яхши. Грандлар ута катта маблаг сарфлашяпти хозирда. Хар бир мамлакатда кучли бешлик, уртамиена ва аутсайдер жамоалар булади. Аутсайдерлар ккчли 10 ликка кириш учун курашади. Лекин мухлислари хнч качон жамоани ташаб куймайди. Бухоро, Машъал, Сурхон ва яна бир икки жамоа шу тоифаларга киради. Андижон хам шундай эди. Лекин бу йил кучли учликка харакат киляпти. Катта катта маблаг эвазига.
-1   
14 jan 01:56:57
Шухрат Исмаилов
Iltimos Buxoro jamoasini tarqatib yuboringlar. To’g’risi xar doim super liga boshlanganida biz klub muxlislari buxorodan zur g’alabalar kutamiz lekin xar doim oxirgi urinlarda yuradi. Shunga qaramay biz muxlislar stadionga tushaveramiz. Jamoamiz oxirgi urinlada yirsaxam stadionga tushaveramiz tugrisi. Jongayam tegdi tug’risi
-1   
14 jan 01:56:20
Шухрат Исмаилов
Iltimos Buxoro jamoasini tarqatib yuboringlar. To’g’risi xar doim super liga boshlanganida biz klub muxlislari buxorodan zur g’alabalar kutamiz lekin xar doim oxirgi urinlarda yuradi. Shunga qaramay biz muxlislar stadionga tushaveramiz. Jamoamiz oxirgi urinlada yirsaxam stadionga tushaveramiz tugrisi. Jongayam tegdi tug’risi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика