"Bunyodkor"ga legionerlar oqimi davom etmoqda. Klub chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
11 jan 13:59
Yangiliklar
"Bunyodkor"ga legionerlar oqimi davom etmoqda. Klub chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Bunyodkor" qishki transferlar oynasida tarkibiga yangi nomlarni jalb qilmoqda.
"Qaldirg'ochlar" safiga chernogoriyalik yarim himoyachi Marko Bugarin kelib qo'shildi. 1999 yilda tug'ilgan, 1,98 metr bo'yga ega futbolchi CHernogoriya Birinchi ligasi vakili "FK Otrant-Olimpik" jamoasidan jalb qilindi. Bugarin bundan tashqari "Mladost", "Spartak", "Edinstvo", "Mornar Bar", "Bokel" jamoalarida to'p tepgan.
Transfermarket portali uning narxini 125 ming evroga baholagan. Avvalroq "Bunyodkor" ikki nafar gruziyalik legionerlar bilan shartnoma imzolagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar