So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  0 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

"Bunyodkor" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanganini va ularga qaysi raqamlar topshirilganini malum qildi Yangiliklar

"Bunyodkor" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanganini va ularga qaysi raqamlar topshirilganini malum qildi

Xabaringiz bor, bugun O'zbekistonda mavsumning ikkinchi qismi uchun transfer oynasi yopiladi.

O'z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo'yadigan “Bunyodkor” mavsumning ikkinchi qismi uchun uch nafar futbolchini O'zPFLda ro'yxatdan o'tkazdi. Bular – muxlislarimizga yaxshi tanish, tajribali tayanch yarim himoyachi Akbar Ismatullaev, bo'ydor himoyachi Jasur Yoqubov va faoliyatining deyarli to'liq qismini Rossiya premer ligasida o'tkazgan, yaqin-yaqingacha ham Rossiya milliy terma jamoasidan taklif olgan Pavel Mogilevec. Har uchchala futbolchi ham mavsumning ikkinchi qismida “Bunyodkor” libosida “qaldirg'ochlar”ning “parvozi” uchun yordam beradi.

Akbar Ismatullaev 7-raqamda harakat qilsa, Jasur Yoqubov 5-raqamli libosni kiyadi. Pavel Mogilevecga 18-raqamli libos topshirildi.

MA'LUMOT UCHUN

ISMATULLAEV AKBAR MAHKAMTOHIR O'G'LI

Fuqaroligi: O'zbekiston

Tug'ilgan sanasi: 10 yanvar 1991 yil

Bo'yi: 180 sm. Vazni: 79 kg

Amplua: yarim himoyachi 

FAOLIYATI

Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Metallurg”, “Buriram Yunayted” (Tailand) klublari sharafini himoya qilgan. Superligada 129 ta uchrashuvda maydonga tushgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosini 4ta o'yinda kiyish nasib qilgan.

SOVRINLARI

O'zbekiston chempioni – 2012, 2014, 2015 yillar.

MA'LUMOT UCHUN

YOQUBOV JASUR G'AYRATJON O'G'LI

Fuqaroligi: O'zbekiston

Tug'ilgan sanasi: 26 mart 1999 yil

Bo'yi: 187 sm.  Vazni: 80 kg

Amplua: markaziy himoyachi

FAOLIYATI

Superligada «Qo'qon-1912», «Surxon», «Paxtakor» jamoalari safida jami 38 ta o'yinda to'p surgan.

SOVRINI

O'zbekiston Superkubogi sohibi: 2022 yil

MA'LUMOT UCHUN

MOGILEVEC PAVEL

Tug'ilgan sanasi: 25 yanvar 1993 yil

Tug'ilgan joyi: Rossiya

Ampluasi: yarim himoyachi

Bo'yi: 183 sm. Vazni: 70 kg

FAOLIYATI

Faoliyati davomida “Zenit”, “Rubin”, “Rostov”, “Ximki” va “Nijniy Novgorod” klublari safida Rossiya premer ligasida jami 148 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlarining 10 ta goliga hammualliflik qilgan bo'lsa, 4 marta o'zi raqib posbonlarini xafa qilgan.

Pavel Mogilevec mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello qo'l ostida Rossiya milliy terma jamoasi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Rossiya U-21 terma jamoasi tarkibida 14 marta harakat qilgan.

SOVRINLARI

Rossiya chempioni – 2015 yil

Kumush medal sovrindori – 2013 va 2016 yillar

Rossiya Superkubogi sohibi – 2017 yil

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика