So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

“Bunyodkor” stadioniga yangi direktor tayinlandi Yangiliklar

“Bunyodkor” stadioniga yangi direktor tayinlandi

O'tgan haftaning so'nggi kunlarida “Bunyodkor” stadioni, yani “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasi”ning faoliyatiga oid tanqidiy majlis o'tkazildi.

Direkciya “Bunyodkor” stadionidagi inshootlarni yaxshi holatda saqlab turgan hamda musobaqalar va o'yinlar uchun kerakli xonalar va boshqa joylarni etarli holatda taminlay olayotgan bo'lsada, futbol o'ynash uchun eng dolzarb bo'lgan jihat – maydonni, mana bir necha mavsumlarki, ko'ngildagiday darajada tayyorlay olmayotganligini keskin tanqid qildi “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev.

Bosh homiy “O'zbekneftgaz” AJ tomonidan direkciyaning faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligiga qaramasdan, asosiy masala – maydon va chim holatining yaxshi emasligi ko'pchilikning, ayniqsa, futbol jamoatchiligining etirozlariga sabab bo'layotganligi aytilib, buni yaqindagina o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'yinlari ham yaqqol ko'rsatganligi bildirildi.

Natijada, 24 iyun kuni “Bunyodkor” stadioniga yangi direktor tayinlandi. Bu lavozimni shu kungacha “Nasaf” jamoasining uy arenasi – Qarshidagi Markaziy stadionda direktor bo'lib ishlab kelgan SHerzod Haqberdiev egalladi.

“Bunyodkor” FK prezidenti SH.Haqberdiev oldiga, birinchi navbatda, maydon chimining holatini butunlay hamda talabga javob beradigan qilib yaxshilash vazifasini qo'ydi. SHuningdek, “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasi”ning boshqa yo'nalishdagi faoliyati ham tahlil qilib chiqilib, zarur xulosalar yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi belgilandi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика