"Bunyodkor" sobiq futbolchisi "Barselona" menejerini tanqid qildi
18 avg 2017 12:02
Yangiliklar
"Bunyodkor" sobiq futbolchisi "Barselona" menejerini tanqid qildi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi sobiq yarim himoyachisi Rivaldo "Barselona" bosh menejeri Pep Segurani tanqid qildi.
Kataloniya klubi menejeri oldinroq Ispaniya Superkubogi uchun "Real"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatda "Barselona" futbolchilarini tanqid qilgan edi.
"Real"ga ketma-ket ikki marta mag'lub bo'lish va klubga yangi kelgan insonlar deyarli barcha sovrinni qo'lga kiritgan futbolchilarni ayblashini eshitish oson emas. Bu yuqori saviyali futbolchilar bilan muloqot tajribasi yo'qligidan darak" - deydi Rivaldo.
Eslatib o'tamiz, Rivaldo 2008-2010 yillar davomida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar