Superliga. Yulduzlarga to'la "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmadi
08 mar 21:58
Yangiliklar


Superliga. Yulduzlarga to'la "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmadi
“Bunyodkor” — “Neftchi” 2:2
08.03.2025. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:00
Hakamlar: Temurbek To'xtasinov, Ziyodullo Abdurahmonov, Abdulhamid Abduraimov, Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Avazbek Abdullaev.
Gollar: Najmiddin Normurodov 8, - 1:0 (Imeda Ashortia). Zoran Marushich 15, - 1:1 (Vladimir Yovovich). Ibrohimhalil Yo'ldoshev 46, - 1:2. Itsuki Urata 73, - 2:2 (Odiljon Hamrobekov).
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov,2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov (5.Aleksandr Zevadinov, 90+2), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Martin Shroler (77.Muzaffar Olimjonov, 87), 9.Imeda Ashortia (57.Amir To'raqulov, 87), 10.Rasul Yo'ldoshev (23.Asadbek Rahimjonov, 60), 15.Marko Bugarin, 22.Azizbek Amonov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 60), 25.Itsuki Urata, 74.Luis Kachorri.
Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 17.Ollabergan Karimov, 30.Sardor Abdunabiev, 66.Azizbek To'lqunbekov, .
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 23.Jovan Djokich, 20.Anvar G'ofurov (s), 34.Farruh Sayfiev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (9. Shohruh Gadoev, 83), 77.Bilolxon Toshmirzaev, 5.Ikrom Aliboev, 7. Abror Ismoilov (11.Quvondiq Ro'ziev, 83), 10.Jamshid Iskanderov, 8.Vladimir Yovovich (22.Toma Tabatadze, 68), 32.Zoran Marushich (17.Muhammadali G'iyosov, 86).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 4.Boyan Ciger, 24.G'ulom-Haydar Gulyamov, 14.Jamshid Boltaboev, .
Ogohlantirishlar: Temurxo'ja Abduxoliqov 70.
MATNLI TRANSLYACIYA
90+4. O'yin tugadi. "Bunyodkor" - "Neftchi" 2:2.
90+2. ZARBAAAA! Bilolxon Toshmirzaevning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!
90. O'zgarish. "Bunyodkor". Normurodov o'rniga Zevadinov tushdi
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi
87. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Shroler va Ashortia o'rniga Olimjonov va To'raqulov tushdi
86. O'zgarish. "Neftchi". Marushich o'rniga G'iyosov tushdi
83. O'zgarishlar. "Neftchi". Yo'ldoshev va Ismoilov o'rniga Gadoev va Ro'ziev tushdi
77. UXXX! Darvoza to'sini! Chap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Kachorri boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p to'singa tegib maydonni tark etdi!
73. GOL! Itsuki Urata! Hamrobekovdan to'pni qabul qilib olgan Urata taxminan 18 metrlardan chap oyoqda chiroyli gol urdi - 2:2. GOLNI KO'RISH
68. O'zgarish. "Neftchi". Yovovich o'rniga Toma Tabatadze
63. ZARBAA! UXX! Mali tomonidan uzatilgan to'pni Kachorri boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!
60. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Rasul Yo'ldoshev va Amonov o'rniga Rahimjonov va Abduxoliqov tushdi
55. Yovovichning reydini Hamrobekov to'xtatdi.
46. GOL! Ibrohimhalil Yo'ldoshev! Burchak to'pidan keyin himoyachilar qaytargan to'pni Yo'ldoshev o'ng oyoqda darvozaga joylab qo'ydi - 1:2. GOLNI KO'RISH
46. Ikkinchi taym boshlandi!
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:1
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi
45. UXXX! Xavfli vaziyat! Uzoq masofadan belgilangan jarima to'pini Iskanderov darvoza tomon uzatdi, to'p himoyachilarga tegib darvozaga ketayotganida Odiljon Hamrobekov to'pni qaytardi!
34. ZARBA! Bilolxon Toshmirzaevning zarbasi aniq chiqdi, ammo Abdujalilov to'pni ushlab oldi!
29. ZARBA! Martin Shrolerning erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, ammo kuchsiz.
15. GOL! Zoran Marushich! Iskanderov to'pni Yovovichga uzatdi, Vladimirning uzatgan to'pini Marushich darvozaga yo'lladi - 1:1. GOLNI KO'RISH
13. ZARBA! Ashortianing 25 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni ushlab oldi
8. GOL! Najmiddin Normurodov! Burchakdan Ashortia tomonidan uzatilgan to'pni Normurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. GOLNI KO'RISH
2. ZARBA! Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Abdujalilov to'pni egallab oldi
1. UXX! O'yin shiddatli boshlandi, Urata hozir jarima maydoni yaqinida Toshmirzaevni yiqitdi va mehmonlarda jarima to'pi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бунёдкор яхшироқ харакат қилди
1-2 да заменаларни килиш керак эди у эса кечикди