So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

“Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev jamoa azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

“Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev jamoa azolari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazgan “Bunyodkor” bugun kecha tongda yurtimizga qaytib keldi.

Etiborlisi, “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev shu bugunning o'zidayoq “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, jamoa azolari bilan uchrashdi. Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda Minsk yig'ini va jamoaning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki chuqur tahlil qilindi.


“Bunyodkor”ning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki meni umuman qoniqtirmadi. Vaholanki, jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi. Yoki kamchiliklar bormi? “Bunyodkor” yozgi yig'inni xorijda o'tkazgan O'zbekistonning yagona jamoasi bo'ldi. SHunday ekan, ikkinchi davrada natijalar yaxshi tomonga o'zgarishi shart! “Bunyodkor” O'zbekiston chempionatida yuqori o'rinlarda yurishga loyiq. O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish vaqti keldi. Yodda tutinglar, Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma beradigan o'rinlarning birini egallash bu yilgi asosiy vazifalaring. Vazifa bajarilsa biz tarafdan rag'bat shunga mos bo'ladi. “Bunyodkor” yurtimizdagi o'z akademiyasiga ega kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Demak, tarkibni shakllantirishda eng avvalo tarbiyalanuvchilarimizga etibor qaratish lozim. CHetdan futbolchi taklif qilinishida tanish-bilishchilikka yo'l qo'yilmasligi kerak”, - dedi Mehriddin Abdullaev.


SHundan so'ng bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko so'zga chiqib, avvalo, klub prezidentiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Viktor Aleksandrovich jamoada mehnat qilayotgan hamma insonlar etibor va masuliyatni his qilayotganini takidlar ekan, mavsumning ikkinchi qismidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba uchun maydonga tushib, qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida qattiq mehnat qilishlarini aytib o'tdi. 

Jamoa sardori Davronjon Ergashev ham so'z olib, Minsk yig'ini va etibor uchun Mehriddin Razzoqovichga minnatdorchilik bildirdi. Futbolchilar albatta ishonchni oqlashlari va faqat g'alaba uchun maydonga tushishlarini takidlab, sardor sifatida jamoadoshlariga bosh bo'lishini malum qildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика