So’nggi yangiliklar

17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  0 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  3 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  15 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0

Bugun katta futbol. "Barselona" - "Real" Yangiliklar

Bugun katta futbol. "Barselona" - "Real"

Bugun juda ko'pchilik futbol muxlislarining diqqat-etibori Ispaniya chempionatining markaziy o'yini - "Barselona" va "Real Madrid" to'qnashuviga qaratiladi.

Xabaringiz bor, el-klassiko maqomiga ega bahs Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.

Ispaniya chempionati. 14-tur
BARSELONA - REAL MADRID

3 dekabr. "Kamp Nou" stadioni. 20:15

Turnir jadvalidagi o'rni: "Barselona" 2-o'rinda (27 gochko), "Real" 1-o'rinda (33 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 6 ochko.

Tarif: Bu o'yin ortiqcha tarifga muhtoj emas. Muxlislar jahon chempionati, Evropa chempionati hamda CHempionlar Ligasi finali qatori mana shu uchrashuvni ham orziqib kutishadi. Bugun "Nou Kamp" stadionida qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Xususan, bugungi o'yin "Barsa" uchun katta ahamiyatga ega. CHunki kataloniyaliklar birinchi o'rindagi "Real"dan olti ochkoga ortda qolishyapti. O'z navbatida "Real" uchun ham mazkur bellashuv etiborga molik bo'ladi, chunki poytaxtliklar ichki chempionatda hali mag'lub bo'lishmadi va bugun ham ananani davom ettirishga harakat qilishadi.

Fakt: "Barselona" oxirgi ikki o'yinda g'alaba qozona olmadi. Kataloniyaliklar avvaliga "Malaga", keyin "Real Sosedad" bilan durang o'ynashdi. "Barsa" bu mavsum hisobidan shu paytgacha o'z maydonida 6ta o'yinda maydonga tushib, shundan uchtasida g'alaba qozondi. Jamoa ikki bor durang qayd etgan bo'lsa, bir marta mag'lub bo'lgan. "Barsa" o'z maydonidagi o'yinlarda 11 ochko jamg'ardi, to'plar nisbati 13-5.

Fakt: "Real Madrid" Ispaniya chempionatida hali mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Zidan shogirdlari 13ta o'yinning 10tasida g'alaba qozonib, uch bor durang o'ynashgan. Bundan tashqari, "Real" premeroda eng ko'p gol urgan jamoa hisoblanadi - 36ta. Agar bugun "Real" yutqazib qo'ygudek bo'lsa, bu chempionatdagi ilk mag'lubiyati bo'ladi. Umuman olganda, Zidan Madrid klubi boshqaruvini qo'lga olganidan beri ichki chempionatda faqat bir marta yutqazgan: "Atletiko" bilan kechgan o'yinda.

Fakt: "Real" 5-7-turlar oralig'ida uch bor durang o'ynab, shundan keyin qatorasiga oltita bellashuvni g'alaba bilan yakunladi. Bundan tashqari, "Real" barcha o'yinlarda gol urishni uddalab kelyapti. "Barsa" esa faqat bitta bellashuvda to'p kirita olmagan: "Malaga" bilan 0:0 o'ynagan.

Fakt: Ispaniya chempionatida Krishtianu Ronaldu 10ta gol bilan birinchi, Messi esa 9ta gol bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Uchinchi o'rindagi Luis Suares hisobida 8ta gol bor.



Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика