Bugun Ispaniyada chempion nomi malum bo'ladi
14 may 2016 12:21
Yangiliklar
Bugun Ispaniyada chempion nomi malum bo'ladi
Evropa top-5 chempionatlarining barchasida yangi chempionlar nomi aniq bo'lib ulgurdi. Ispaniyada barchasi so'nggi turda hal bo'ladi.
CHempionlik uchun ikki klub "Real" va "Barselona" klublari davogarlik qilishmoqda. O'tgan turda mag'lub bo'lgan "Atletiko" kurashdan chiqib ketdi.
So'nggi turdan oldin "Barselona" 88 ochkoga ega. Ikkinchi o'rindagi "Real" hisobida 87 ochko mavjud. Kataloniya klubi "Granada" mehmoni bo'lsa, madridliklar La-Korunyada "Deportivo" bilan kuch sinashishadi.
"Barselona" g'alaba qozonsa chempion bo'ladi. Agar Luis Enrike shogirdlari ochko yo'qotsa va "Real" g'olib bo'lsa Madrid klubi chempionlikka erishadi.
Malumot uchun, "Barselona" Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Klub hisobida 23ta chempionlik unvoni bor. "Real" esa 32 marta mamlakatda chempion bo'lgan va bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi. Madrid klubi so'nggi bor 2012 yilda Ispaniyada tengsiz bo'lgan.
Bugun chempionlik uchun kurashayotgan bu ikki jamoa ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.
Ispaniya chempionati. Musobaqa jadvali

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar