Bugun Gamper Kubogi uchun "Barselona" va "SHapekoense" kurash olib boradi
07 avg 2017 17:12
Yangiliklar
Bugun Gamper Kubogi uchun "Barselona" va "SHapekoense" kurash olib boradi
Ushbu bahs Joan Gamper Kubogi doirasida o'tkazilmoqda. Bugun Gamper Kubogining 52-turniri o'tkaziladi.
Joan Gamper o'zi kim?
1877 yil 22 noyabr kuni SHveycariyaning Vintertur shahrida tug'ilgan sportchi Joan Gamper "Barselona" asoschisi, uning futbolchisi va prezidenti hisoblanadi. 1966 yildan beri Kataloniya klubining asosichisi sharafiga Joan Gamper Kubogi o'tkaziladi. 1966-1996 yilgacha ushbu musobaqada 4 jamoa ishtirok etar edi, biroq 1997 yildan so'ng turnirda faqat 2 ta klub qatnashishi belgilab qo'yildi.

Nega "SHapekoense"?
2016 yilning 28 noyabr kuni Braziliyaning "SHapekoense" klubi futbochi, murabbiy va xodimlari uchib ketayotgan samolyot Kolumbiyada halokatga uchradi. Voqea natijasida 71 kishi olamdan ko'z yumdi. Ushbu tragediyadan so'ng Kataloniya klubi "SHapekoense"ni ushbu turnirga taklif etdi. Braziliya jamoasi "Barselona"ga qarshi bahsda aviahalokatda vafot etganlar xotirasiga bag'ishlab 71 yulduz tushirilgan oq formalarda to'p tepishadi.

Hozirgacha Gamper Kubogida "Barselona" 39 marotaba g'alaba qozongan. Germaniyaning "Kyoln" klubi ushbu turnirda 2 marotaba zafar quchgan. "Uypesht", "Borussiya" M, "Internasonal", "Portu", "Mexelen", "Tenerife", "Valensiya", "Yuventus", "Manchester Siti" va "Sampdoriya" Gamer Kubogida bir martadan zafar quchishgan.


Bahs Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar