Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Paxtakor"
23 may 2022 14:43
Yangiliklar
Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Paxtakor"
Muxlislar Toshkentda poytaxt derbisi guvohi bo'lishadi. Negaki "Lokomotiv" bu turni o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. Turnir jadvalida "Loko" 12 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Paxtakor" esa 14 ochko to'plagan holda 5-o'rinda boryapti.
"Lokomotiv" o'tkazilgan 9 o'yinda 4 marta g'alaba qozonib, 5ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 11-11. "Paxtakor" 8ta uchrashuvdan uchtasida g'alabaga erishib, 5 bor durang o'ynadi hamda hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q. To'plar nisbati 8-4.
Bilasizmi? "Lokomotiv" oxirgi to'rt o'yindan uchtasida g'alaba qozondi. "Temiryo'lchilar" uyda "Surxon"ni mag'lub etib, safarda "Neftchi" va "Olimpik"dan ustun kelishdi.
Fakt: "Paxtakor" oxirgi 4ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu jamoa AGMK, "Nasaf", "Surxon" va "Qo'qon-1912" bilan o'yinlarda faqat durang qayd etdi. "Paxtakor" oxirgi g'alabasini 4-turda nishonlagan bo'lib, "Navbahor"dan 1:0 hisobida ustun kelgandi.
23 may, dushanba
19:00. LOKOMOTIV – PAXTAKOR
Hakamlar: Rahimbek Karimov, SHohruh Azamov, SHohnur Yo'ldoshev, Doston Mirzaraimov.
Nazoratchi: Igor Nexochin
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistent: Maksim Nexochin
VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin
Komissar: SHerzod Rajabov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar