So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Bugun dedlayn. PFL 5 ta klubning yakuniy qarorini kutmoqda Yangiliklar

Bugun dedlayn. PFL 5 ta klubning yakuniy qarorini kutmoqda

Teglar :  PFL Superliga
Professional futbol ligasi bugun - 22 fevral sanasida Superliga uchun davogar bo'lgan 12 ta klub haqidagi o'z xulosalarini O'zbekiston futbol associaciyasiga taqdim etadi.

Bungacha “Paxtakor”, “Lokomotiv”, AGMK, “Metallurg”, “Buxoro” va “Qo'qon-1912” klublari licenziyalash bo'yicha reglamentning akademiya talablarini bajarmagani yuzasidan xabar berilgandi. Ayni vaqtda “Qo'qon-1912” futbol klubi Farg'ona viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bugun kechga qadar qolgan 5 ta klub rahbariyati 2019 yilgi mavsum talabi bo'yicha kafolat xati taqdim etishi kerak.

Agar mana shu 5 ta klub kafolat xatini o'z vaqtida taqdim etmasa, ularning Superligada ishtirok etish masalasi so'roq ostida qoladi. Ularning o'rnini katta ehtimol bilan “A” Pro-ligasida to'p surishi kerak bo'lgan va licenziyalash talablarini amalga oshirayotgan klublar egallashi mumkin. Bu haqdagi qarorni O'zbekiston futbol associaciyasining Licenziyalash bo'yicha qo'mitasi qabul qiladi hamda tasdiqdan o'tkazish uchun Ijroqo'mga kiritadi. Professional futbol ligasi mana shu taqdimnoma asosida 25 fevral kuni Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun qura tashlaydi.

Malumot uchun, klublarga taqdim etilgan 2019 yilgi mavsum uchun Musobaqalarni o'tkazish reglamentida Superligada 10 ta klub ishtirok etishi mumkinligi masalasi ham ko'rsatib o'tilgan. Voqealar shu taqlid davom etsa, musobaqa formati 10 ta klubga moslab tuzib chiqiladi hamda 25 fevral kuni shunga asosan qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Marosim 18:45 dan boshlab “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi.


Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика