Bugun Audi Cup-2019 start oladi. Unda "Real", "Bavariya", "Tottenxem" va "Fenerbaxche" ishtirok etadi
30 iyu 2019 13:22
Yangiliklar
Bugun Audi Cup-2019 start oladi. Unda "Real", "Bavariya", "Tottenxem" va "Fenerbaxche" ishtirok etadi
Audi Cup musobaqasi oltinchi marotaba o'tkazilayotgan bo'lib, ushbu turnir bor-yo'g'i ikki kun davom etadi. Barcha bahslar "Bavariya"ning "Alyanc Arena" stadionida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilar:
"Bavariya"
"Real"
"Tottenxem"
"Fenerbaxche"

"Real" matbuot xizmati Myunxendagi turnirda ishtirok etadiganlar ro'yxatini elon qildi.
Darvozabonlar – Navas, Lunin, Altube.
Himoyachilar – Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Xavi Ernandes, De la Fuente, Guterres.
Yarim himoyachilar – Kroos, Modrich, Valverde, Isko, Soean.
Hujumchilar – Mariano, Benzema, Vaskes, Vinisius, Azar, Rodrigo, Kubo.
Ispan nashrlari bergan malumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi"ning hujumchisi Garet Beyl ushbu turnirda ishtirok etishni istamagani uchun qaydnomaga kiritilmagan.
Format
Turnir odatiy pley-off bosqichi kabi o'tkaziladi. To'rtta jamoa yarim final bosqichida o'yin o'tkazishadi, mag'lublar uchinchi o'rin uchun bahsda, g'oliblar esa finalda to'qnash kelishadi.
Yarim final
30 iyul. 20:55 "Real" - "Tottenxem" LIVE (Match TV, Match! Futbol 1)
30 iyul. 23:25 "Bavariya" - "Fenerbaxche" LIVE (Match TV, Match! Futbol 1)
31 iyul. 3-o'rin uchun bahs
31 iyul. Final
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar