So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  20 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  1 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

"Bu yil ko'p jamoalarga syurpriz bo'la olamiz" - "Andijon"ning gruziyalik legioneri Yangiliklar

"Bu yil ko'p jamoalarga syurpriz bo'la olamiz" - "Andijon"ning gruziyalik legioneri

"Andijon" qishki transferlar oynasida tarkibiga gruziyalik yarim himoyachi Nodar Kavtaradzeni qo'shib olganidan xabaringiz bor.

O'rtoqlik uchrashuvlarida o'zidag yaxshi taassurot qoldirayotgan va jamoaga yaxshi kirishib ketgan futbolchi bu mavsumni "burgutlar" safida boshlaydi. Kecha "Veles"ga qarshi nazorat uchrashuvida jamoasining gollaridan biriga mualliflik qilgan Nodar Kavtaradze saytimizga kichik intervyu berdi. 

- "Veles" avvalgi nazorat o'yinlaridagi raqiblardan farq qildimi? Yoki hisob tenglashgach barchasi o'zgardimi?

- Yirik hisobda g'alaba qozondik, lekin bu oson bo'lgani yo'q. Ayni paytda yig'in jarayonidamiz, yuklamalar olyapmiz. Jismoniy holatimizni yaxshilashimiz lozim. 5ta gol albatta xursand qiladi. Oldingi chiziq vakillari vaziyatlardan foydalanishdi, norasmiy seriyaga barham berishdi. CHunki avvalgi 3ta bahsda yuta olmagan edik. Hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. O'yin sifatini yanada oshirish lozim. 

- Yangi jamoadagi ilk taassurotlar qanday?

- Hammasi super. Jamoa meni ko'tarinki kayfiyatda kutib oldi. O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Sekin-asta kirishib bormoqdaman. Bunda menga jamoadagi yigitlar ko'maklashmoqda. "Andijon"ning g'alabalariga hissa qo'shishga harakat qilyapman. 

- "Andijon"ga kelishingiz qanday bo'ldi? Agentlar yordamidami?

- SHahboz Beg'amovni tanisangiz kerak. Unga rahmat aytmoqchiman. "Andijon"dagilar bilan tanishtirdi. Ishonch uchun murabbiylar shtabi va klub rahbariyatiga tashakkurimni bildiraman. 

- "Andijon" va o'zbek futboli haqida nimalarni bilardingiz? CHempionatimizda o'ynagan gruziyalik futbolchilardan do'stlaringiz kim?

- O'zbek futboli haqida biroz bo'lsada malumotga ega edim. Do'stim Giorgi Papava O'zbekistonga kelgach yanada jiddiyroq kuzata boshladim. Umumiy tasavvurga egaman. "Andijon"ning jonkuyar ishqibozlari bor. Yangi mavsumda g'alabalarni ular bilan birga qo'lga kiritamiz. 

- Legionerlardan har bir chempionatda mahalliy futbolchiga nisbatan ko'p narsa kutishadi...

- Buni tushunaman. Masuliyatni zimmamizga olishga tayyormiz. Maksimum natija qilishga urinamiz. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi.

- Maqsadlar qanday?

- Jamoa turnir jadvalidan o'rta o'rinlarni egallashga harakat qiladi. Bu yil ko'p jamoalarga syurpriz bo'la olamiz. Yaxshi tarkib yig'ilgan. Futbolchilar saralangan. Jon saqlash uchun kurashmaymiz. 

- Birinchi turda "Andijon" safarda "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadi. Qura noqulay kelmadimi?

- "Nasaf" haqida eshitdim, kuchli jamoa. Oson raqibning o'zi yo'q. Kurashamiz. Balki autsayder, deb o'ylashayotgandir. Ammo o'z o'yinimizni ko'rsatsak ijobiy natija bilan qaytamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика