Bu qiziq! "Liverpul" istedodi 16 daqiqada 2 ta qizil kartochka oldi
30 okt 16:07
Yangiliklar
Bu qiziq! "Liverpul" istedodi 16 daqiqada 2 ta qizil kartochka oldi
Bu bahsda yosh yarim himoyachi Amara Nallo uchun tarixiy va unutilmas lahza ro'y berdi. 18 yoshli futbolchi 67-daqiqada murabbiy Arne Slot tomonidan Aleksis Mak Allister o'rniga maydonga tushirildi. Biroq atigi 12 daqiqadan so'ng u Jastin Devenniga nisbatan qo'pollik qilgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Bu to'qnashuv Nalloning chetlatilishiga olib keldi va u maydonni umidsizlik bilan tark etdi.

Etiborga molik jihati, bu Nalloning "Liverpul" safidagi dastlabki ikki o'yinida ketma-ket ikkinchi marta maydondan chetlatilishi edi. Yanvar oyida Chempionlar Ligasi o'yinida asosiy jamoa safida debyut qilgan yosh futbolchi PSV bilan o'yinda (2:3) atigi 4 daqiqa ichida maydondan chetlatilgandi. O'sha paytda murabbiy Arne Slot bu qarorni "Nallo uchun shafqatsiz lahza", deb atagan edi.
Nallo hozirgacha "Liverpul" tarkibida atigi 16 daqiqa o'ynadi, ammo ikki marta qizil kartochkaga loyiq ko'rildi — bu futbolda kam uchraydigan statistika.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar