So’nggi yangiliklar

08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  2 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0

Bu qiziq: Kelasi mavsumda qaysi jamoalar ECHLda o'ynashi mumkin? Yangiliklar

Bu qiziq: Kelasi mavsumda qaysi jamoalar ECHLda o'ynashi mumkin?

Evropa milliy chempionatlaridagi hozirgi onlayn jadvalga qaraydigan bo'lsak, ECHLning kelasi 2019/20 yilgi mavsumi quyidagicha ko'rinish oladi.

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichidagi 26ta yo'llanmani jamoalar to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritadi.

Guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqadiganlar: ECHL g'olibi, UEFA Evropa ligasi g'olibi, Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniya chempionatlaridagi dastlabki to'rtta o'yinni qo'lga kiritgan jamoalar, Franciya va Rossiya chempionatidagi g'olib va vice-chempion jamoalar, shuningdek, Portugaliya, Ukraina, Belgiya hamda Turkiya chempionlari.


ECHL 2019/20 guruh bosqichiga chiqqan jamoalar onlayn rejimda:

Ispaniya: "Barselona", "Atletiko", "Real", "Xetafe"
Angliya: "Liverpul", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal"
Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Inter", "Milan"
Germaniya: "Borussiya" Dortmund, "Bavariya", "Borussiya" Menxengladbax, "RB Leypcig"
Franciya: "PSJ", "Lill"
Rossiya: "Zenit", "Krasnodar"
Portugaliya: "Portu"
Ukraina: "SHaxter"
Belgiya: "Genk"
Turkiya: "Istanbul Bashakshexir"


ECHL guruh bosqichiga chempionlar ligasi va Evropa ligasi g'oliblari ham ishtirok etishadi. Qolgan 6 yo'llanma kvalifikaciya raundida o'ynaladi.


Qiziq faktlar:

ECHLning joriy mavsumdagi nimchorak finalida o'ynayotgan jamoalar orasidan "Ayaks", "Lion", "Manchester Yunayted", "Roma" va "SHalke" hozirgi onlayn jadvalda kelasi mavsumdagi ECHLdan mosuvo qolmoqda.

"Xetafe" mavsum yakuniga qadar La Ligadagi hozirgi o'rnidan pastlamasa, unda jamoa kelasi mavsumda ECHLda debyut qilish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Qayd etish kerakki, "Xetafe" hali biror marotaba ECHLda o'ynamagan va xattoki mazkur musobaqaning saralash bosqichida ham ishtirok etmagan. "Xetafe" faqatgina Evropa ligasida so'nggi bor 2010/11 yilgi mavsumda o'ynash huquqiga ega bo'lgandi.

Rossiya va Turkiya chempionatida 1-2 o'rinlarda borayotgan "Krasnodar" hamda "Istanbul Bashakshexir" mavsum yakuniga qadar hozirgi egallab turgan pog'onalaridan tushib ketishmasa, unda kelasi mavsumda mazkur jamoalar ECHLda debyut qilishadi.

"Milan" esa A Seriyada to'rtinchi o'rindan pastga tushmasa, unda jamoa 2013/14 yilgi mavsumdan keyin ilk bor ECHL o'ynash huquqiga ega bo'ladi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика