So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Brendomaniya. El-Klassiko qaysi yo'l bilan LaLigaga bo'lgan qiziqishni orttiryapti Yangiliklar

Brendomaniya. El-Klassiko qaysi yo'l bilan LaLigaga bo'lgan qiziqishni orttiryapti

Teglar :  El-Klassiko
Bugun Evropa chempionatlarining eng yirik o'yinini tomoshabin emas, balki brend sifatida ko'rib chiqamiz.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi bahs paytida dunyo bo'ylab millonlab muxlislar 2 soat televizor qarshisidan qimirlamasliklari aniq. Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan bahsni juda qiziq deb bo'lmaydi. Manchesterda "El-Klassiko" boshlanishiga bir necha daqiqa qolganida fantastik kurash bo'ldi, hayron qolarli xatolar, avtogol. Barselonada odamlar biroz zerikarliroq uchrashuv guvohi bo'lishdi.

APL ajoyib mahsulot yaratib, televizon huquqlardan rekord mablag' ishlashi mumkin, ammo LaLiga piarchilari butun chempionatni bo'lmasada, o'zining kuchli tomonlarini qanday taqdim etishni ko'rsatib qo'yishdi.


Uchrashuvdan oldin bahsni yarim milliard muxlis tomosha qilishi kutilgandi, bu ishqibozlar orasidagi bazilar o'yinni stadiondan ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Ammo hozir gap ular haqida emas. Liga rahbarlari translyaciya qiluvchi kompaniyalar bilan jahonning eng yirik 5 ta shahrida katta ekranlar o'rnatib, uchrashuvni ko'rishga imkon yaratishdi.

Liga vakillarining so'zlariga ko'ra, bu dunyoning eng chekkasidagi odamlar ham bu ajoyib bahs guvohi bo'lishi uchun bajarilgan. "El-Klassiko" butun dunyoda katta etibor tortuvchi hodisa va ko'pchilik ushbu uchrashuvni uyda emas, do'stlari bilan bar yoki boshqa joyda ko'rishni istaydi. Bunday bahsni katta ekranlarda ko'rish, unutilmas onlarni bahshida etadi.

Ushbu imkoniyat 5 ta shaharda taqdim etildi: Pekin, SHanxay (Xitoy), Nyu Deli, Mumbai (Hindiston) va Yoxannesburg (Janubiy Afrika). Uchrashuvni ko'rish uchun kelgan ko'p sonli muxlislar bu o'yinni tomosha qilishdan tashqari virtual, stol va oddiy futbol o'ynashga muvaffaq bo'lishdi. Bundan tashqari ishqibozlar tanasiga turli suratlar chizildi, bahsdan oldin va keyin ajoyib musiqa yangradi.


Liga rahbarlarining g'oyasi shundan iborat ediki, bazi muxlislar bu kun Barselonaga borib futbolni stadiondan ko'ra olmas ekan, "El-Klassiko" ularnikiga boradi.

Bu ishqibozlar o'z sevimlilarini stadiondan ko'ra olmas ekan, nega endi futbolchilar ular qarshisiga kelmaydi? Bu shaharlarda muxlislarni LaLiganing rasmiy elchilari xursand qildi: Fernando Morientes Pekinga, Gaiska Mendeta SHanxayga, Luis Garsiy Nyu-Deliga, Frederik Kanute Mumbayga, Kristian Karambyo Yoxannesburgga bordi. Har bir yulduz o'z joylariga "El-Klassiko"dan bir hafta oldin borib, reklama kompaniyasi tomonidan muxlislar uchun uyushtirilgan bayramda faol ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlar o'n minglab insonlarni Ispaniya chempionatiga bo'lgan qiziqishini orttiradi, shu bilan birga televizion kompaniyalar va ularning foydalanuvchilari o'rtasidagi aloqalarni yaqinlashtirish.


Davomi bor...

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика