So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Brendan Rojers: "Og'ir mag'lubiyat. Birinchi bo'limda o'yinni biz boshqargandik" Yangiliklar

Brendan Rojers: "Og'ir mag'lubiyat. Birinchi bo'limda o'yinni biz boshqargandik"

"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers APL doirasida "Tottenxem"ga (2:6) qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"73 daqiqa yaxshi o'yin ko'rsatdik, balki, uchrashuvdagi eng yaxshisi bo'lib ham turgandik, vaziyatlar yaratdik. Keyin esa xatolarimiz uchun jazolashdi. Futbolchilardan qo'rqmasdan o'ynash kerakligini so'radim, ular shunday qildilar ham. Ikki markaziy himoyachimiz fantastik o'yin ko'rsatayotgandi. Biroq g'alaba uchun ularning birini oldinga chiqarishimiz kerak edi. Ammo o'yindan ko'ra natija juda yomon bo'ldi.

Futbolchilarim uchun dardim bir. Ular bunga loyiq emasdilar. Yigitlar pressingda yaxshi o'ynashdi, xatolar esa natijaning o'zgarishiga sabab bo'ldi. SHunday o'yinlarda mag'lub bo'lgandan keyin ishonch ham pasayib ketadi. Haqiqatdan ham og'ir start bo'ldi. Endi esa tiklanib, o'zimizga kelib olishimiz uchun termalar o'yinlari bor.

Bosim kuchli bo'lmoqda. Har kuni o'z ishimni qilyapman. Muxlislarning bizdan ko'ngli soviyotganini tushunyapman. Buni yashirib bo'lmaydi. Bu holatga javob berishim kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham klub egalarini hurmat qilaman. Ular meni qo'llab-quvvatlashmoqda. O'yinning qanday borganini hisob ko'rsatib bera olmadi, deb hisoblayman.

2:6 - juda qattiq hisob. Ketma-ket olti mag'lubiyat hech kimning foydasiga ishlamayapti. Ammo bugun o'yinning birinchi bo'limini biz boshqardik. Birinchi golni urgandan keyin yigitlarning miyasida g'alaba qozonib bo'lganlik fikri aylangandir. Ammo ular shunda ham oxirigacha kurashishdi", - dedi Rojers.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика