Braziliya terma jamoasi himoyachisi faoliyatini "Al Ahli"da davom ettiradi
07 avg 2023 18:07
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi himoyachisi faoliyatini "Al Ahli"da davom ettiradi
"Roma" va Braziliya termasi himoyachisi Rojer Ibanes Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi safiga ko'chib o'tadi.
Transfer summasi 28,5 million evro va kafolatlangan bonuslar (ularni qo'shganda umumiy summa 30 millionga etadi)ni tashkil qiladi. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi va keyin 3 yillik shartnomaga imzo chekishi ko'zda tutilgan.
Ibanes o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda 3 ta gol urgan, 14 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Nottingem Forest" hamda "Aston Villa" "Roma" himoyachisi transferi ustida ishlayotgani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar