So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Brandon Uilyams: "Eriksen barchasini enga olgani uchun ham uni quchoqlab qo'yish shart deb hisobladim" Yangiliklar

Brandon Uilyams: "Eriksen barchasini enga olgani uchun ham uni quchoqlab qo'yish shart deb hisobladim"

APL 28-turida "Norvich" o'z uyida "Brentford"ga mag'lub bo'lgandi.

Ushbu o'yindagi bir qiziq epizod barchaning etiborini tortgandi. O'yinning 40-daqiqasida "Norvich" himoyachisi Brandon Uilyams to'p bilan hujumga o'tadi. Uni ortdan "Brentford" futbolchisi Kristian Eriksen ko'pollik bilan ushlab qolib, yiqitadi. Uilyams dastlab uni ortdan ushlab qolgan futbolchi kim ekanligini yaxshi anglamay, o'sha futbolchiga tashlanmoqchi bo'ladi. Keyin esa bu futbolchi yurak hurujidan so'ng katta futbolga qaytgan Kristian Eriksen ekanligini anglaydi va uni quchoqlab oladi.

Bu vaziyat ko'pchilikning olqishiga sabab bo'ldi. "Norvich" himoyachisi Brandon Uilyams esa o'sha vaziyatda nima bo'lgani haqida gapirdi.

Bu shunchaki tabiiy instinkt yordamida bo'ldi. Eriksendan o'tib ketgandim, u esa meni ortdan torta boshladi. Biz hujumga o'tayotgandik. Meni bundan qattiq jahlim chiqib ketdi va unga javob qaytarmoqchi bo'ldim. Ammo u qanday qiyin yo'lni bosib o'tganini bilardim. Eriksen boshidan juda ko'p narsani o'tkazdi va shundan so'ng ham futbolga qayta oldi. Maydonga qayta olish u uchun juda ko'p narsani anglatardi. U barchasini enga oldi. SHuning uchun ham men uni quchoqlab qo'yish shart deb hisobladim", -deydi Brandon Uilyams.

Eslatib o'tamiz,  o'tgan yilning yozida Evropa chempionati o'yini vaqtida Eriksenning yuragi to'xtab qolgan edi. Futbolchi uzoq tanaffusdan so'ng futbolga qaytishga erishdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика