So’nggi yangiliklar

11:59Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29

Bitta qo'ng'iroq va ikki futbolchi rozi bo'lgan: Ronaldu ajoyib agent! Yangiliklar

Bitta qo'ng'iroq va ikki futbolchi rozi bo'lgan: Ronaldu ajoyib agent!

O'z vaqtida Krishtianu Ronaldu MYU uchun agent bo'lib berganini bilasizmi?

U "Manchester Yunayted" maqsad qilgan ikki futbolchiga qo'ng'iroq qilgan va ularni klubga o'tishga ko'ndirgan. Bu borada "Arsenal"ni dog'da qoldirib ketgandi. 

Ser Aleks Fergyuson o'z vaqtida Ronaldu sabab braziliyalik futbolchilar Rafael va Fabio da Silva bilan kelishuvga erishgan. 

Bu haqida Rafael UTD podkastida gapirib berdi. O'shanda Krish unga qo'ng'iroq qilgan va braziliyalik futbolchi bundan hayratda qolgan. 

"U menga qo'ng'iroq qilgan va buni xech qachon unutmayman" deydi hozirda "Botafogo"da o'ynayotgan Rafael. "Kim bu?" dedim. Raqamda nollar juda ko'p edi, menga xech qachon bunday qo'ng'iroq bo'lmagandi. 

U men bilan salomlashdi, men esa "Bu Ronaldu, Ronaldu!" deganimcha avtobusimga shoshardim. U bizni suhbatga chaqirmoqda! U shunday dedi: "Yigitlar, sizga bir gapni aytish uchun qo'ng'iroq qilyapman: "Manchester Yunayted"ga o'ting. Bilaman, bu er sizga yoqadi". 

Men esa bunga ishona olmayotgandim. Bu ajoyib edi", - dedi Rafael. 

2000 yillarda MYU va "Arsenal" o'rtasidagi raqobat shu qadar jiddiy ediki, Fergyuson ikki yosh yulduz transferi borasida Arsen Vengerga yutqazib qo'yishni istamagan ekan. 

SHu sababli "Qizil iblislar" aka-ukalarni "Flumineze"dan o'z saflariga qo'shib olganlar. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика