So’nggi yangiliklar

07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  0 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  3 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  6 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  7 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5

Birinchi liga. “Zomin” Toshkentda ikkinchi yig'inni o'tkazmoqda Yangiliklar

Birinchi liga. “Zomin” Toshkentda ikkinchi yig'inni o'tkazmoqda

Futbol bo'yicha O'zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etayotgan “Zomin” jamoasi ikkinchi yig'inini Toshkent shahrida o'tkazmoqda.

“Zomin” jamoasi 2012 yildan buyon uzluksiz tarzida O'zbekison Birinchiligi bahslarida ishtirok etmoqda. Bu mavsumda ham jamoa Birinchi ligaga tayyorgarligini Toshkent shahrida o'tkazmoqda. Yig'inga Oliy liga musobaqalarida ishtirok etayotgan jamoa akademiyalarining yoshlari va mahalliy futbolchilar jalb qilingan. Ikkinchi yig'inda jamoa shu kunga qadar ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. “Zomin” “Bunyodkor-2” jamoasini 3:1 “Xorazm” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun klubimiz “NBU-Osiyo” jamoasi bilan, ertaga “Mashal-2” va “Yangier” jamoalariga qarshi,
16 mart kuni esa “Lokomotiv-BFK” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yin o'tkazadi. SHundan so'ng “Zomin” 24 mart kuni Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi O'zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishadi. Uchrashuv Zomin markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

13 mart 2017 yil,soat 15-00.

“Zomin” – “Xorazm” 2:0.

Gollar: Dostonbek Toshmatov, Sohib Abdullaev

“Zomin”: Otabek Sadiev, Dilmurod Ikromov, Jaloliddin Saidov, Eldor Karimov, SHuhrat Sadirdinov, Konstantin Boev, Durbek Kamolov, Jo'shqin Ataboev, Bobur O'rakov, Dostonbek Toshmatov, Sohib Abdullaev.

Zahiradan tushganlar: Lutfulla Fayzullaev, Sultonbek Keldibekov, Begzod Tursunov. 



"Zomin" matbuot xizmati Akmal Rahmatullaev



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика