So’nggi yangiliklar

12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  3 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  10 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  10 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  68 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2

Birinchi davra yakunlari. Ko'zguda “Andijon” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. Ko'zguda “Andijon”

O'zbekiston birinchi ligasida ham dastlabki davra o'yinlari yakuniga etib, jamoalar tanaffusga yo'l oldi.

Joriy mavsumning o'zidayoq yana kuchlilar safiga chiqishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan “Andijon” birinchi davraning so'nggi 7 (!) turda qayd etgan qoniqarsiz natijasi sababli jamoa qimmatli ochkolarni boy berdi.

Natijada “burgutlar” turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. CHempionatda avvaliga mahalliy murabbiy Vitaliy Legay boshchiligida start olgan andijonliklar birinchi davra yakuniga etishiga 3ta tur qolganida Usmon Toshevni bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildi.

Birinchi davrada jamoa safida xarakat qilgan eng keksa futbolchi bu – Anvar Berdiev bo'ldi. Yaqinda 39 yoshni qarshi olgan tajribali hujumchi mashg'ulotda va o'yin chog'ida yoshlar bilan tengma-teng javlon urayotgani tahsinga loyiqdir. SHuningdek Berdievning boy tajribasi “Andijon”ga juda qo'l kelmoqda deyish mumkin. Boisi Anvar birinchi davrada raqiblar darvozasiga 9ta to'p kiritib, jamoasining to'purariga aylandi.

Aksincha birinchi davrada “Andijon” tarkibida xarakat qilgan eng yosh futbolchi esa Abdulaziz Yoqubov bo'ldi. SHahrixonlik iqtidor egasi yaqinda 18 yoshga to'ladi. CHap qanot himoyasi va yarim himoyasida to'p surgan Yoqubov O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga ham nomzod futbolchi sanaladi.  

Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.



O'yinlar

17

Umumiy gollar

32

Uyda

19 (59,38%)

Safarda

13 (40,62%)

O'tkazib yuborilgan gollar

18

Uyda

7 (38,89%)

Safarda

11 (61,11%)

Urilgan o'rtacha gollar

1,88

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

1,06

Uydagi ochkolar

16/24 (66,67 %)

Safardagi ochkolar

15/27 (55,56 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 – “Xotira-79”

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 – “Nasaf-2”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

5 (29,41%)

Golsiz o'yinlar

1 (5,88%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

4

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

3

Yirik g'alaba

3

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

38 (2,24)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK     

6 (0,35) - 5/1              

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

30418/1789

 

“Andijon” birinchi davraning 17ta o'yinida raqiblari darvozasiga jami 32ta to'p kiritdi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 2tadan gol demakdir. “Burgutlar”ning birinchi davradagi to'purari Anvar Berdiev bo'ldi.

Jamoaning o'z darvozasidan o'tkazib yuborgan gollari soni esa 18tani tashkil qilmoqda.

Kim qancha gol urdi?


Futbolchi

Gol     

Pen.

Anvar Berdiev

9


SHahboz Jumaboev

7

(2)

Farrux SHotursunov

4

(1)

Qahramon Maxamadjonov

3


Alisher Abduvohidov

2


Muxammadyusuf Abdumajidov      

2


Baxtiyor Qosimov

1


Ibrohim Otaxonov

1


Oybek Nurmatov

1


Sanjar Asqaraliev

1


SHahzod Karimov

1

(1)

 

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика