So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  3 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Bilasizmi, "Paxtakor" Qurbon Berdiev jamoasini mag'lub etib, "Barselona"dan ham buyukroq kambek amalga oshirgan Yangiliklar

Bilasizmi, "Paxtakor" Qurbon Berdiev jamoasini mag'lub etib, "Barselona"dan ham buyukroq kambek amalga oshirgan

Bir necha kun oldin "Barselona" CHempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvida PSJni 6:1 hisobida taslim etib, ilk uchrashuvda qayd etilgan 0:4 hisobini yo'qqa chiqara oldi.

Ushbu g'alaba ko'pchilik tomonidan maqtovlarga sabab bo'ldi va kambekni mo'jiza deb atashmoqda. Ammo O'zbekistonning eng yirik klublaridan biri bo'lgan "Paxtakor" 1998/99 mavsumda bundanda buyukroq qaytish qilgan.

Osiyo kubok sohiblari Kubogi turnirining 1/8 final bosqichi ilk bahsida "Nisa" "Paxtakor"ni qabul qiladi va 5:0 hisobida g'alabaga erishadi. O'sha paytlarda Turkmanistonning "Nisa" klubini "Rubin" bilan "Barselona" ustidan sensacion g'alabaga erishgan, ayni damda "Rostov"da faoliyat olib borayotgan Qurbon Berdiev boshqargan.


"SHerlar" uchun o'sha alamli bahs 1998 yilning 9 oktyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan.

"Nisa" (Turkmaniston) - "Paxtakor" (O'zbekiston) 5:0 (2:0)

Gollar: Bodolimov 18, 85, Urazov 38, Agabaev 65, Jeylitbaev 87 (pen.).

"Nisa":  Berdiev, Kurbanmamedov, Bordolimov, Jeylitbaev, Ponomarev, Agabaev, Korj, Eropkin, Podcuev, Urazov, Bayliev.

"Paxtakor": Bugalo, Xodiev (Strelcov, 55), SHoymardonov (Murtazoev, 71), Qosimov, Qambaraliev, Pirmatov, Xvostunov, SHirshov, Anderson, Akopyanc, SHkvirin (Roshin, 26).

Ogohlantirishlar: Pirmatov 83, Qambaraliev 87.

CHetlatish: Bugalo 26.

Javob uchrashuvi 23 oktyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tishi kerak edi. 50 ming muxlis o'z sevimlilarining sehrli kambekini kutishayotgan edi va shunday ham bo'ldi. Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Aleksandr Xvostunov va Dilmurod Nazarov urgan gollar jamoamizning futol tarixida yangi sahifa ochilishiga imkon bergan.


"Paxtakor" - "Nisa" 6:0 (4:0)

"Paxtakor" stadioni. 50 000 muxlis

Gollar: Qosimov 3, 30, Xvostunov 18, SHkvirin 45, 75, Nazarov 67.

"Paxtakor": Roshin, Ashurmatov, SHoymardanov, Qosimov, Qambaraliev, Strelcov (D.Nazarov, 55), Xvostunov, SHirshov (Aliev, 61), Xodiev (Abduraimov, 25), SHkvirin, Akopyanc.

"Nisa": Berdiev, Kurbanmamedov (R.Muxadov, 46), Saparaliev, Ponomarev, Korj, Eropkin, Podduev, Urazov (Kafanov, 2), Bayliev, Nursaxatov, Jeylitbaev.

Ogohlantirishlar: Podduev 65, Muxadov 84.

CHetlatish: Berdiev 1.


Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика