Beyl Xitoyga ketsagina "Real" Pogba uchun so'ralgan pulni to'lay oladi
28 iyu 2019 12:12
Yangiliklar
Beyl Xitoyga ketsagina "Real" Pogba uchun so'ralgan pulni to'lay oladi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba "Real" yarim himoyachisiga aylanishi mumkin.
"The Sun" xabariga ko'ra, agarda madridliklar Garet Beylni Xitoyga sotib yuborsa bu amalga oshishi mumkin. SHuningdek, unga to'lanayotgan maosh ham "Real" uchun og'irlik qilmoqda. Ueslik futbolchi Xitoyga transfer qilinsa, "Real" Pogba uchun "Manchester Yunayted" so'ragan 166 million evroni taqdim qilishi mumkin.
Pogba 2016 yilda "Manchester Yunayted"ga o'sha vaqtdagi rekord narx 105 million evro evaziga transfer qilingan. O'sha vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 142 o'yinda qatnashib, 31 gol urdi va 29 golga assistentlik qildi.
Fikrlar