So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Bellingem uchun 5 klub. U qaysi birini tanlaydi? Yangiliklar

Bellingem uchun 5 klub. U qaysi birini tanlaydi?

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem o'tgan mavsumdan buyon ko'plab klublarning transfer maqsadiga aylangan.

O'tgan yozda 19 yoshli yarim himoyachiga qiziqish kuchaygandi. Biroq dortmundliklar yosh angliyalikni o'z ro'yxatida saqlab qolishdi, ammo keyingi yil buni takrorlashi dargumon. 

Futbolchiga 5 nafar jiddiy davogar bor. Keling, ularning har birini batafsil ko'rib chiqaylik.

"Real Madrid"

"Real Madrid" bu ro'yxatda Angliya Premer-ligasi azosi bo'lmagan yagona klubdir. Aftidan, "qaymoqranglilar" o'yinchi uchun Premer-ligadagi raqiblarga qarshi kurashda g'alaba qozonadi. Malumki, 2019 yildan beri "Real" futbolchi bilan bir necha bor aloqaga chiqqan. Hatto Madridning ko'rsatmasi bo'yicha yarim himoyachi "Borussiya" bilan shartnomani uzaytirmayotgani haqida ham malumotlar bor. Hamkorlikdan tomonlar o'zaro manfaatdor. 

"Real" Bellingemni Luka Modrich yoki Toni Kroosga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. 

Kroos allaqachon faoliyatini yakunlash haqida o'ylayapti, 37 yoshli Modrich esa asta-sekin bunga yaqinlashmoqda. Yarim himoyachilar triosi – CHuameni, Kamavinga va Bellingem juda istiqbolli ko'rinadi. 


"Liverpul"

Hech kimga sir emaski, "Liverpul" markaziy yarim himoya poziciyasi uchun futbolchi qidirmoqda. Bu haqdagi malumotni "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham tasdiqladi. Mersisaydlar tarkibida Tiago, Jordan Henderson va Jeyms Milner bor. Ammo ular ancha yoshi katta futbolchilar hisoblanishadi.

Aleks Oksleyd-CHemberlen va Nabi Keyta ham bor. Lekin ularga barqarorlik etishmaydi. 

OAV xabarlariga ko'ra, Bellingem – "qizillar"ning yozgi transfer maqsadi. Futbolchi uchun bu yaxshi variant bo'lardi. Yosh yarim himoyachi tezda mersisaydlarning asosiy o'yinchisiga aylanishi ehtimoli yuqori. Ammo masalaning nozik jihati bor. Yani, "qizillar" Bellingem uchun kamida 100 million evro to'lay oladimikan?


"Manchester Yunayted"

"Manchester Yunayted" butun yozni "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni qo'lga kiritish uchun o'tkazdi. Lekin transfer amalga oshmadi. Bellingem "Manchester Yunayted" yangi maqsadiga aylandi.

"Manchester Yunayted"da markaziy yarim himoyachilardan Fred va Donni van de Bek bor. Biroq braziliyalik Erik ten Hag qo'l ostida rotaciya o'yinchisiga aylandi, niderlandiyalik esa zaxira o'rindig'ida azoblanishda davom etmoqda. "Yunayted" "Borussiya"ga Jud uchun kerakli miqdorni to'lashiga shubha yo'q, ammo futbolchining o'ziga bu transfer kerakmi? 


"Manchester Siti"

"Manchester Siti" transferlar uchun katta mablag' to'lashi hech kimga sir emas. Bellingem ham Angliya chempioni qiziqishi doirasida bo'lib turibdi. Mish-mishlarga ko'ra, Erling Holand sobiq jamoadoshini Manchesterga ko'chib o'tishga undamoqda. Futbolchilar "Borussiya"da birga o'ynagan va doimiy aloqada bo'lib kelishadi.

Bellingemning "Manchester Siti"da bazi istiqbollari bor. Markaziy yarim himoyachilardan "shaharliklar" tarkibida faqat shartnoma muddati tugaydigan Ilkay Gyundogan bor. Bellingem tez orada Gyundoganni almashtirishi mumkin. Uning uchun bu transfer yaxshi variant bo'lardi.

 

"CHelsi"

Bir qarashda "CHelsi"da maydon markazida o'ynashga qodir futbolchilar etarli. Xususan, Mateo Kovachich, Ruben Loftus-CHik va Konnor Gallaxer bor. Aytaylik, N'Golo Kante va Jorjino ham bor, garchi ular ko'proq himoyaviy o'yinchilar bo'lsa-da. Ammo "CHelsi" har doim porlayotgan o'yinchilarni sotib olishga harakat qilgan. 

"CHelsi"da katta transfer rejalari bor. Londonliklar kelasi yozda Bellingem va Deklan Raysni sotib olishmoqchi. Hozirda London klubi Bellingxem uchun eng yaxshi variant emas. Lekin mavsum oxirigacha ko'p narsa o'zgarishi mumkin.


Samandarbek tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика