So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  21 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

Bellingem bilan intervyu: "Yangi jamoa tanlashda hech qachon pul haqida o'ylamaganman" Yangiliklar

Bellingem bilan intervyu: "Yangi jamoa tanlashda hech qachon pul haqida o'ylamaganman"

"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem yangi jamoasi haqida fikr bildirdi.

19 yoshli yarim himoyachi madridliklar futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi.

Taqdimot davomida Bellingem futbol tarixidagi eng buyuk klubga qo'shilishini hayoti davomidagi eng faxrli kuni deb atadi.

SHuningdek, u qo'shimcha qildi: "Pul men uchun muhim narsa emas. Bunday qarorlar qabul qilishda pul haqida umuman o'ylamayman. Men futbolga bo'lgan muhabbatim uchun o'ynayman. 

"Borussiya Dortmunddan iliq xotiralar qoldi. Men klubdagilar bilan gaplashdim va o'z qarorimni aytdim. 

Boshqa jamoalarni yaxshi yoki yomon deya olmayman. Men uchun eng yaxshisi — "Real Madrid".

Madrid klubi har yili sovrinlarga qo'lga kiritishga loyiq. Bunda men o'z yordamimni bermoqchiman.

"Manchester Siti" ajoyib mavsum o'tkazdi, ammo bu bizga keyingi mavsum uchun yanada ko'proq kuch beradi. 

Men bu erga shunchaki klubning qudratliligi uchun kelganim yo'q, balki o'zimni jamoaning bir bo'lagi sifatida ko'ryapman. 

"Real Madrid" safiga qo'shilishimga 2022 yilgi final ham tasir o'tkazgan. Men finalda bo'lganman, o'shanda "Qirollik klubi" "Liverpul"ni mag'lub etgandi.

Transfer summasi miqdorining kattaligi meni tashvishlantirmaydi. Bunday hisob-kitoblarga qiziqmayman.

Bu erga kelishimdan maqsad — sovrinlar qo'lga kiritish hamda "Real Madrid"ga dunyoning eng yaxshi jamoasi bo'lib qolishida yordam berish.

Men futbolchiman, huquqshunos yoki hisobchi emasman.

Harri Keynnng "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga kelsak, bunga izoh bera olmayman.

U jahon darajasidagi o'yinchi, terma jamoamiz sardori. Men uni futbolchi va shaxs sifatida hurmat qilaman. Ammo transfer borasida nimadir deya olmayman.

Kilian Mbappe bilan birga o'ynashni xohlarmidim? Buni kim ham istamaydi?!

Ko'p intervyularimda Zidanga havas qilishimni aytganman. 5-raqam klubdagi almashtirib bo'lmas raqam sanaladi. Men u bilan bir xil bo'lishga intilmayman, shunchaki, Jud bo'lib qolishga harakat qilaman. Bu raqamni tanlaganima esa uning buyukligiga hurmatimdir.

Oldingi 22-raqamga kelsak, u men uchun katta manoga ega hisoblanadi. Kelajakda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi, hozirda ushbu raqamli libosni kiyish sharafiga musharraf bo'lganimdan baxtiyorman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика