Belerin "Arsenal"da o'ynashni xohlamayapti
06 iyu 2022 15:18
Yangiliklar
Belerin "Arsenal"da o'ynashni xohlamayapti
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin Mikel Arteta jamoasida o'ynamoqchi emas.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ispan o'tgan mavsum bir yil davomida ijarada o'ynagan "Betis"ga qaytmoqchi.
Belerin hozirda Sevilya klubining "Arsenal"ga yangi taklif yuborishiga umid qilmoqda. SHu bilan birga, ispan klubidagi moliyaviy muammolar sabab bitimni amalga oshirish juda qiyin.
Qayd etish kerakki, Belerin shuningdek boshqa klublardan taklif oldi. Agar "Betis" transferni amalga oshira olmasa, o'yinchi faoliyatini boshqa joyda davom ettirish variantlarini ko'rib chiqishiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar