So’nggi yangiliklar

22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  15 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   1 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  3 21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  10 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  175 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  2 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  11

Belarus. Abdixoliqovdan navbatdagi gol, hamyurtlarimiz uchun 8-tur qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. Abdixoliqovdan navbatdagi gol, hamyurtlarimiz uchun 8-tur qanday o'tdi?

Belarus chempionatining 8-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi.

O'zbek futbolchilaridan 4 nafari to'p tepadigan "Energetik-BGU" jamoasi muvaffaqiyatli natijalar ko'rsatishda davom etmoqda. Bu safar Anatoliy Yurevich shogirdlari SSK "Olimpiyskiy" arenasida "Minsk"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

G'alabada to'rt nafar o'zbek futbolchilaridan uch nafari faol ishtirok etdi. Afsuski, Abbosbek Jumaqulov haligacha asosiy tarkibda o'ynashga tayyor ekanini murabbiylar shtabiga isbotlay olmayapti. U 3 marta asosiy tarkibdan, 4 marta zaxiradan maydonga tushgan (o'rtacha o'yin vaqti — 45 daqiqa) va bitta gol urgan.

Abduqodir Husanov "Minsk"ga qarshi bahsda yana ajoyib o'yin ko'rsatdi. Futbolchi to'liq 90 daqiqa markaziy himoyachi poziciyasida harakatlandi va 73% aniq uzatmalar qayd etdi (8 uzatmasi raqib jarima maydonchasi zonasiga, 2 uzatmasi keskinlashtiruvchi), yakkakurashlarda 47%, 21 marta to'pni jamoasiga qaytarib olib berdi (jamoadagi uchinchi ko'rsatkich) va 5 marta to'pni ilib ketdi, 3 marta raqiblarini qoidani buzishga majbur qildi. Raqib darvozasi tomon 1ta aniq zarba yo'lladi (xG 0,07).



SHoxruhbek Abdurahmonov ham to'liq o'ynadi. Yarim himoyachi "Energetik-BGU"ning boshqa futbolchilariga nisbatan to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldi (83 harakat). Darvozaga 3 marta aniq zarba yo'lladi, 11 harakatidan 8 tasida muvaffaqiyatli aldab o'tishni amalga oshirdi — nafaqat jamoasida, balki bahsdagi eng yaxshi natija (SHoxruh raqiblari ichida ayniqsa Nikita Xalimonchikni aldab (3 bora) o'tdi, "shaharliklar" maydoni tomonda 5 marotaba to'pni jamoasiga olib berdi va bir marta raqib jarima maydonida to'pga tegdi. SHuningdek, ikkita muvaffaqiyatli muhim uzatma berdi.

Yakkakurashlarda Abdurahmonov u qadar ishonchli ko'rinmasdi. Himoyada u 67 % kurashda ustun kelgan bo'lsa, neytral to'plar uchun harakatda biror marta ham raqibidan omadliroq bo'lmadi. SHu bilan birga, uning hisobida 3ta "podkat" bor.

Uchrashuvning bosh qaxramoni, odatdagidek, Bobir Abdixoliqov bo'ldi. Birinchidan, to'purar hisobiga yana bitta gol yozib qo'yildi. Ikkinchidan, u bundanda ko'proq gol urishi mumkin edi. Uning xG`si — 2.66 ("Minsk" jamoasida bu ko'rsatkich 0.28). Bundan ko'rinib turibdiki, o'zbekistonlik futbolchi yana bitta gol urishga yaqin edi. Bobir etti bor raqib jarima maydonchasida to'p bilan muomalada bo'ldi va Aleksey Kozlov darvozasiga 6ta zarba berdi, ulardan 4tasi nishonga aniq bordi. Qiziq tomoni, 23-daqiqada hujumchi soniyalar ichida bir nechta zarba berdi – kiper ham ishonchli o'ynadi. "Minsk"ning barcha o'yinchilarini qo'shib hisoblaganda, "Energetik" darvozasiga 5ta zarba bergani (ulardan 1 tasigina aniq bo'lgani)ni takidlash lozim.

SHuningdek, Abdixoliqov birinchi golda bevosita ishtirok etdi. U jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, Kozlovni shoshirib qo'ydi va u osonlik bilan to'pni o'tkazib yubordi. Endi Abdixoliqov hisobida 9ta gol bor!




G'alaba va raqiblarning qoqilishi "Energetik-BGU"ni ikkinchi pog'onaga qaytardi. Jamoa hisobida 16 ochko mavjud. "Talabalar" "SHaxter" va Minskning "Dinamo"sini 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. BATEdan esa 4 ochko qolib ketishmoqda. CHempionat etakchisi, yana SHoxboz Umarovsiz, "Torpedo-BelAZ" bilan durang o'ynadi.

"Energetik" tarixida hali hech qachon oliy ligada bunday zo'r start olmagan. O'tgan yil 8-turdan keyin jamoa hisobida bor yo'g'i 6 ochko bor edi, 2020 yil — 15 ochko, 2019 yil – 6 ochko, 2005 yil – 2 ochko, 2004 yil – 10 ochko, 2003 yil – 5 ochko, 2002 yil – 5 ochko.

Keyingi turda "talabalar" "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadilar.


Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика