Bekxem PSJ – "Real" o'yini haqida: "Bahsni uyda tomosha qilsam, har ikki jamoaning golini nishonlay olaman"
15 fev 2022 16:28
Yangiliklar
Bekxem PSJ – "Real" o'yini haqida: "Bahsni uyda tomosha qilsam, har ikki jamoaning golini nishonlay olaman"
PSJ va "Real" sobiq futbolchisi Devid Bekxem bugun Parijda bo'ladigan ECHL 1/8 final o'yinini nega stadionda tomosha qilmasligini tushuntirdi.
"Bir tomondan o'yinni stadionda tomosha qilmasligimdan xursandman. Bunday qiziqarli bahsni ko'rish qiziq bo'ladi, lekin uni televizor orqali tomosha qilishni maqul ko'raman. SHunda men har ikki jamoa gollarini nishonlay olaman.
PSJ ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritish imkoniyatlariga kelsak, bazan barchasi amalga oshishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
Odamlar hammasi birdan bo'lishini istashadi, lekin sabrli bo'lish zarur. Ishoning, sabr bilan mehnat qilsangiz, kutilmaganda barchasi ish berganini sezmay ham qolasiz. Nima bo'lganda ham orzular amalga oshishiga oz vaqt qolganini sezyapman, – dedi Bekxem.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar