"Bayer" Gyulerni ijaraga olmoqchi edi. "Real" ham, o'yinchi ham bunga qiziqish bildirishmadi
21 iyu 2024 21:27
Yangiliklar
"Bayer" Gyulerni ijaraga olmoqchi edi. "Real" ham, o'yinchi ham bunga qiziqish bildirishmadi
"Bayer" bir necha bor Arda Gyulerning ijarasi borasida "Real" bilan muloqot qildi.
Nemis klubi 19 yoshli yarim himoyachining ijarasi bo'yicha takroriy so'rov berdi. Oldinroq, Xabi Alonso jamoasi madridliklarga CHempionlar ligasidan so'ng murojaat qilgandi.
So'nggi bir yarim oyda turkiyalik yosh o'yinchiga boshqa nemis klublari va APL, La Liga va A Seriya jamoalari qiziqish bildirdi. "Milan" Gyulerni ijaraga olishga uringan italyan jamoalaridan bo'ldi.
SHunga qaramay, "Madrid" ham, o'yinchining o'zi ham shu yozda ketish imkoniyatini o'rganmayapti.
Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar