Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ning selekciya ishlari hayron qoldiryapti"
21 jan 13:01
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ning selekciya ishlari hayron qoldiryapti"
Barcha klublar imkoniyatlaridan kelib chiqib selekciya ishlarini olib borayapti va shunga mos ravishda oldiga maqsad qo'ymoqda. Tajribali mutaxassis mazkur jarayonga quyidagicha fikr bildirdi:
"Chempionlik uchun 4 ta jamoani aytib o'taman. "Neftchi" va "Paxtakor" o'tgan yilgidan ham ko'ra bu yil chempionlikka jiddiy raqobat tug'diradi. Doimgidek "Nasaf", lekin ular olib borayotgan selekciya hayron qoldiryapti. Chunki etakchi o'yinchilarning ketishi baribir salbiy tasirini o'tkazadi. Akademiyadan chiqqan futbolchilarning etakchilar o'rnini to'ldirishiga vaqt kerak bo'ladi. Shunga qaramay, "Nasaf" jamoaviy o'yin va Ro'ziqul Berdievning kuchi hisobiga oltin medallar uchun kurashadi. Timur Kapadze boshchiligidagi "Navbahor"ni ham aytish joiz. Demak, "Neftchi", "Navbahor", "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari birinchi o'rin uchun raqobat qiladi, degan fikrdaman. Albatta, futbol — taxmin qilish qiyin bo'lgan sport turi.
Transferlarga to'xtalsak, "Andijon" yaxshi yurishlarni amalga oshiryapti. Ammo chempionlik uchun kurashish qiyin bo'lgan transferlar. Deylik, menda 1–2 yillik jamoa tuzishdek taassurot qoldiryapti. "Navbahor"da Kapadze o'z uslubiga mos bo'lgan futbolchilarni yig'ishga harakat qilyapti. "Neftchi"ning o'yini qiziq. Yosh mutaxassis Islom Ismoilov o'zidan qanday taassurot qoldirishini ko'ramiz. Qiziqarli mavsum kutayapman. Hamma jamoalar o'z oldiga maqsad qo'yadi. Lekin men sanab o'tgan jamoalardagi transferlar aniq maqsadga yo'naltirilgan, deya olaman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar