So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Durang adolatli natija bo'ldi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Buxoro"-"Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugun og'ir o'yin ko'rsatdik. "Buxoro" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlangan. Ulug'bek Baqoev bilan avval birga ishlaganman, juda talabchan mutaxassis. Bugun uning jamoasi oxirigacha kurashishini bilardik. Yigitlarga faqat g'alaba uchun o'ynash kerakligini tushuntirgandim. Biz hozir durangdan quvonadigan kayfiyatda emasmiz. Vaziyatni o'nglashimiz kerak edi. Fikrimcha, bugungi o'yinga durang natija mos edi. Hisob adolatli bo'ldi deb hisoblayman.

Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, uzoq yo'l bosib kelib bizga ishonayotgan va qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga rahmat. Rahbariyatimiz ham bizga ishonayapti. Biz albatta chempionat o'yinlarida kerakli natijalarni qayd etib, qiyin vaziyatdan chiqib ketamiz. "Buxoro" jamoasiga ham navbatdagi o'yinlarda omad tilayman. Do'stim Ulug'bek Baqoev ham albatta bu jamoaning natijalarini ijobiy tomonga o'zgartira olishiga ishonaman.

- Jamoadagi legionerlar ko'rsatayotgan o'yinlarga munosabatingiz?

- Ayrim legionerlarimiz mavsumoldi yig'inda tarkibimizga kech qo'shilishdi. O'rtoqlik o'yinlarda tajriba sifatida sinovlarni amalga oshirsa bo'ladi. Biroq chempionat o'yinlarida tavakkal qilib bo'lmaydi. Zakariya Beglarishvili texnikasi yuqori ekanini o'yindan o'yinga ko'rsatib bormoqda. SHuningdek, bugun Milan Boyovich zaxiradan o'yinga yaxshi qo'shilib ketdi, gol urdi, jamoamizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Qolgan legionerlarimiz ham shu tariqa o'yinlar davomida kuchayib borishlariga ishonaman.

- Xumoyun Murtozaev aksariyat o'yinlarda zaxirada qolmoqda. Uning chizig'ida harakat qilgan futbolchilar Xumoyundan ustun ekanini ko'rsatayotganlari yo'q. Sizningcha, Murtozaev zaxira futbolchisimi?

- Bizda hozir hujumda 4 nafar futbolchi bor. Safarda o'ynagan o'yinlarimizda bir nafar hujumchi bilan maydonga chiqayapmiz. SHu sabab nisbatan tezkorroq bo'lgan SHohnazar Norbekovga imkoniyat berayapmiz. Norbekov yomon harakat qilmayapti, gol urdi va "Nasaf" bilan o'yinda golli uzatmani amalga oshirdi. SHohnazar ham, Xumoyun ham asosiy tarkib futbolchilari. Biz hozir o'zini ko'proq ko'rsatgan futbolchiga ko'proq imkoniyat berayapmiz. Hali oldinda chempionat o'yinlari ko'p, hamma hujumchimizda ham o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi.

- Jamoangiz joylashgan guruhda "Buxoro"dan tashqari "SHo'rtan" va "Yangier" ham bor. Sizningcha, bu guruhda "Turon" va "Buxoro" favoritmi?

- Hozir kim favorit ekanini o'ylagandan ko'ra maydonda o'zimizni ko'rsatgan maqul. Favorit deb o'ylangan o'yinlarda ochko yo'qotdik. SHu bois biz hozir faqat vaziyatni o'nglash haqida o'ylashimiz kerak.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика